Линклар

Шошилинч хабар
25 август 2019, Тошкент вақти: 20:43

11 yil Eron qamog‘ida o‘tirgan dasturlovchi muxandis Kanadaga qaytdi


Eronda tug‘ilgan, ammo Kanadada doimiy yashovchi dasturlovchi muxandis Said Malikpur 11 yil qamoqda o‘tirgandan so‘ng Erondan qochib chiqib, Kanadaga qaytib keldi.

U kattalarga mo‘ljallangan saytni yurgizgani uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan edi.

Malikpur 2008 yili kasal otasini ko‘rgani Eronga borganida qamoqqa olingan edi. Dastlab o‘lim jazosiga hukm qilindi, biroq 2013 yil avgustida ushbu jazo chorasi umrbod qamoq bilan almashtirildi.

Singlisi Tvitterga qo‘ygan videosida uning Kanadaga qaytib borganini tasdiqladi.

‒ Akam Said Malikpur hozirgina Kanadaga qaytib keldi! Tashvishlar ortda qoldi, – dedi Maryam Malikpur oilasini qo‘llab-quvvatlagan kishilarga minnatdorlik bildirar ekan.

U akasining ozod etilishi tafsilotlarini ochiqlamadi.

Eron hokimiyat idoralari Malikpur qamoqdan qisqa muddat chiqarilgan paytda qochib ketganini ma’lum qildi.

Sud voizi G‘ulomhusayn Ismoiliy 3 avgustda Malikpur “uch kunlik qamoq ta’tili”da bo‘lgani va “mamlakatdan chiqib ketishi taqiqlangani”ni aytdi.

MakGill universitetining xalqaro huquq bo‘yicha eksperti va Qo‘shma Shtatlarning sobiq prokurori, Malikpurning ishi bilan ko‘p yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan Payom Axavan Eron hukumati uni bir necha kun oldin bosim ostida qolganidan so‘ng ozod qilganini aytdi.

Axavanga ko‘ra, Malikpurning mamlakatdan chiqib ketish rejasidan oilasiyu advokatidan boshqa hech kimning xabari bo‘lmagan.

XS
SM
MD
LG