Линклар

Шошилинч хабар
22 август 2019, Тошкент вақти: 01:16

OzodTarmoq: Boshqa tumanlardagi go‘rkovlar ham Rishtonga hasharga olib ketilmoqda


OzodTarmoq - Ozodlikning yangi rukni. Unda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boramiz.

OzodTarmoqning bugungi sonida rishtonlik bloger Bahodirxon Eliboev o‘zining Feysbukida 7 avgust kuni e’lon qilgan matnni e’tiboringizga havola qilayapmiz.

***

Bandachilikmi bandichilikmi?

Qo‘shtepadan ertalab xabar kelib qoldi.
- Bahodirxon, Rishtondagi hasharlar qachongacha?
- Bilmadim, aka. Tinchlikmi?
- Qo‘shtepada 3 ta mayit turibdi, go‘rkovniyam olib ketishyapti-da, axir. Go‘r kovlaydigan odam ham qolmadi-yu. Hammasini viloyat hokimi topshirig‘i, deb olib ketishdi.
- Aslida, biz borishimiz kerak bo‘lgan ish ekan-ku. Endi kattalar gapni tushunmayapti-da.
- Musulmonchilikniyam tushumaydimi axir? Insof kerak-da. Shu masalaniyam yozvoring sahifangizda, iltimos.
- Xo‘p, aka. Xudo sabr bersin, bandachilik ekan.

Bunaqa paytda nima deyishim kerak, birodarlar? Aslida kim uchun bandachilik, kim uchun esa bandichilik...

XS
SM
MD
LG