Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:13

OzodTarmoq: "Allamjonovga hamma narsa mumkin, boshqalarga esa..."


OzodTarmoq - Ozodlikning yangi rukni. Unda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boramiz.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida O‘zA axborot agentligi muxbiri Anora Sodiqova Feysbukdagi sahifasida 13 avgust, kechqurun e’lon qilgan postni e’tiboringizga havola qilayapmiz. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

ALLAMJONOVGA HAMMA NARSA MUMKIN, BOShQALARGA ESA...

Men bugun ish joyimda keraksiz kadr ekanligimni bilib qoldim. Yo‘q ishxonadagilar kerakmassan demadi. Shunchaki anchadan beri ko‘rishga erinib yurgan intervyudan olgan xulosam shu bo‘ldi. Intervyuda respondent O‘zA umuman tanqidiy va mualliflik maqolalarini berishi kerak emasligini aytadi. Rosti Allamjonovning bu fikri men uchun yangilik bo‘ldi.

O‘zlariyam «Turon» agentligini ochganda sof xabar emas, tahlil ham bergandilar shekilli. Meni tushunishim bo‘yicha ularga ko‘p narsa mumkin, boshqalarga esa...

U O‘zAni faoliyatini cheklar ekan, o‘zi boshqarayotgan agentlik haqida gap ketganda shunday deydi.

«AOKA jurnalistlarga mutasaddilar bilan intervyu uyushtirishda yordam beradi. To‘g‘ri bu bizni tashkilotni ishi emas, lekin vaziyatga ko‘ra bunga ehtiyoj bo‘lgani uchun biz intervyular uyushtiryapmiz » deydi Allamjonov.

Qiziq nega siz boshqarayotgan agentlikka o‘ziga tegishli bo‘lmagan ishni qilish mumkin-u boshqalarga mumkin emas?

Demak, intervyularga ehtiyoj boru, tahliliy tanqidiy maqolalarga bugungi OAVda ehtiyoj yo‘qmi?

Siz uyushtirayotgan intervyularni oldinroq press-klub va MMM ham boshlab berganidan xabaringiz bormi? (ertaga ular faoliyati cheklanmasa deb qo‘rqaman)

O‘zAdagi tahliliy maqolalar ortidan qancha o‘zgarishlar bo‘lganidan ham balki, behabardirsiz.

O‘zAni kamchiligi ko‘p. Gohida ba'zi siyosiy o‘yinlar va kampaniyalarga maydon bo‘lib qoladi lekin..

O‘zA emasmidi Navbaxor Imomova, Paxlavon Sodiq, Malik Mansurlarning munosabatini birinchi bo‘lib olib chiqqan? Keyin boshqa saytlarda ham paydo bo‘la boshlagan.

Rasmiy matbuot sifatida O‘zA birinchi bo‘lib ba'zi taqiqlarga qaramay muholifat sanab kelingan tarafga maydon bermadimi?

Abdulla Qodiriy uy muzeyi masalasi maqolasini ko‘tarib qay saytga bormay hammasi «hozircha mumkin emas», deb qaytargan. Birgina O‘zA e'lon qilgandi o‘shanda. Keyin doimgiday boshqalarga ham jon kirgan.

To‘g‘ri Avtotest bo‘yicha O‘zAga material berishga kuchim yetmadi....

Bu agentlik jurnalistlari ko‘targan muammo tufayli qishloqlardagi qancha maktablar ta'mirdan chiqdi. Ko‘rlar jamiyatiga tegishli yotoqxona ta'mirlandi Ijtimoiy himoyaga muhtoj kichik qatlamga beriladigan yordam pullari ko‘tarildi. Matbuotchilar uyi bo‘yicha ayrimlar korrupsiyaga qo‘l urgani fosh bo‘ldi O‘zAda bu kabi ijobiy o‘zgarishga turtki bo‘lgan maqolalar talay. Men uchun aslida jurnalistlarni faoliyati ham faqat tadbirma-tadbir yurish emas, ana shunday muammolarni yuqoridagilarga eslatishdan iborat.

Siz birgina «O‘zbekiston» nashriyoti yotoqxonasi aholiga rasman xujjatlashtirib bergan ishingizni qancha ko‘z-ko‘z qildingiz. Bunaqa ishlar O‘zAdagi jurnalistlar qalami yordami bilan ko‘p qilingan. Shunchaki PR sizchalik bo‘lmagan xolos. Siz o‘zingizdan boshqasini ko‘rmaysiz chog‘i.

To‘g‘ri O‘zA furshet, ziyofat qilib har bir qilgan ishini sizchalik PR qilishni eplolmaydi ammo, unda chiqqan maqolalar jamiyatdagi ancha muammolarni ijobiy hal qilmoqda.

Ko‘p mutasaddilar O‘zAdagi tanqiddan cho‘chib turadi. Shunday ekan O‘zA quruq axborot, xabar tarqatish bilan shug‘ullanish kerak deyishdan oldin mana shu haqiqatlarni bilib qo‘ysangiz xato bo‘lmasdi.

Boshqalarni ham xolis o‘rganishga urinib ko‘ring bu harholda tanqidchilaringiz ro‘yxatini tuzishdan foydaliroq ish.

O‘zAdagi jamiyatdagi muammolarga yechim bo‘lgan har bir maqolani sanashga erinyapmanu lekin, ularni siz furshet qilib yig‘ib turadigan bir qancha blogerlardan ko‘ra ko‘proq jamiyatga foydasi tegayotganini aniq bilaman.

Xullas, sizni «noo‘rin» tanqid qiladiganlar ro‘yhatini yana bir kishiga ko‘paytirib ana shu haqiqatlarni aytgim keldi. Bu hali hammasi emas, desert hali oldinda...

Jurnalistlarni qo‘llashni Navoiy 30 dagi tahririyatlarni haydashdan boshlaganingizni bilaman. Shaxsan o‘zimam o‘sha yerdan haydaldim. Endi O‘zAda mualliflik maqolalarga o‘rin yo‘q deganingiz esa huddi OAVni qo‘llash emas, uni o‘zingizga moslashtirishga urinayotganingizga o‘xshaydi

XS
SM
MD
LG