Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:51

O‘zbek jurnalisti ilk bor davlat amaldori ustidan prokuraturaga ariza topshirdi (VIDEO)


Jurnalist Rahmatilla Isroilov (chapda) va Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov
Jurnalist Rahmatilla Isroilov (chapda) va Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov

Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov KUN.UZ tahririyati xodimlariga tahdid qilgani aks etgan videoning e’lon qilinishi ortidan, 16 avgust kuni Toshkent shahar hokimligi saytida paydo bo‘lib KUN.UZ muxbirini tovlamachilikda aybladi.

Ўзбек журналисти илк бор давлат амалдори устидан прокуратурага ариза топширди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00

​Vahobovning iddaosicha, KUN.UZ muxbiri Rahmatilla Isroilov muqaddam undan tamagirlik yo‘li bilan yer talab qilib, buning evaziga katta miqdorda pora taklif qilgan.

Mazkur da’vo yuzasidan KUN.UZ zudlik bilan o‘z ichki surishtiruvini o‘tkazib, tahririyat muxbiri R.Isroilov va boshqa xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvini tayinlaganini ma’lum qildi.

KUN.UZ o‘z bayonotida muxbir Rahmatilla Isroilov o‘ziga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilgani uchun Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari A.Vahobovga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali Bosh prokuraturaga shikoyat yo‘llaganini bildirdi.

"Xizmat tekshiruvida muxbir R.Isroilov unga nisbatan A.Vahobov ilgari surayotgan ayblovlar biror asosga ega emasligini, A.Vahobov bilan muqaddam HECh QAChON ko‘rishmaganini, hayotda ilk marta 14 avgust kuni uchrashganini va o‘z-o‘zidan A.Vahobovning gaplari tuhmatdan iboratligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 15 avgust kuni Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xodimlari tomonidan aynan mazkur masala yuzasidan tashkil qilingan yuzma-yuz uchrashuvda A.Vahobov KUN.UZ muxbiri Rahmatilla Isroilovni tanimasligini va hodisa yuz bergan kuni (14 avgust) birinchi marta ko‘rganini bayon qilgan (buni tasdiqlovchi audioyozuvlar mavjud)."

"Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotgani sababli xizmat tekshiruvi davomida to‘plangan hujjatlar (tegishli audio va videomateriallar bilan birga) qo‘shib o‘rganish uchun Toshkent shahar prokuraturasiga yuborildi."

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent shahri Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining Kun.uz sayti muxbirlariga qilgan munosabatini "nomunosib, qo‘pol muomala", deb baholadi, insident aks etgan videoda o‘rinbosarning "hatto kamerani olib qo‘yish tahdidi bilan tajovuz qilgani"ni belgilab o‘tdi.

AOKA Telegram kanalida e’lon qilingan "Rasmiy munosabat"da bunday deyilgan:

"Afsuski, bunday holatlar ayrim mansabdor shaxslarning qonunlardan bexabarligini ko‘rsatib qo‘ymoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish taqiqlanadi.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasiga muvofiq, jurnalist o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog‘ida, jurnalist tekshiruvi o‘tkazish, mansabdor shaxs qabulida bo‘lish, ma’lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan, zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish huquqiga ega".

14 avgust kuni Kun.uz xodimlari «Xiva stroy» MChJ rahbarining tahririyatga yo‘llagan murojaati yuzasidan izoh olish maqsadida Olmazor tuman hokimligida bo‘ldi.

Kun.uzning xabar qilishicha, Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov videotasvirga olmaslikni talab qilib operatorga tashlandi va o‘zini bosib ololmay, tajovuzkorona harakatlarini davom ettirib, tahririyat mulki bo‘lgan texnika vositasini (shtativ) sindirib tashlagan.

Voqeaga guvoh bo‘lib turgan ichki ishlar xodimi va hokimlik vakillari ham bu holatga tomoshabin sifatida qarab turgan. Zo‘ravon o‘rinbosar esa muxbirlarni prokuraturaga topshirib yuborish bilan tahdid qilgan.

XS
SM
MD
LG