Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:38

Farg‘ona shahar hokimi 10 daqiqada 100 dan ortiq uyat so‘z ishlatdi


Farg‘ona hokimligidagi janjal uy-joylar ta’miridan kelib chiqdi.
Farg‘ona hokimligidagi janjal uy-joylar ta’miridan kelib chiqdi.

Ozodlikka kelib tushgan audioda Farg‘ona shahar hokimligida 14 avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishdan yozilgan ovozlar aks etgan.

Unda majlisni olib borayotgan odam yig‘ilish qatnashchilaridan ayrimlarini o‘ta uyat so‘zlar bilan haqoratlaydi.

Audioni Ozodlikka yuborganlarning iddao qilishicha, majlisni shahar hokimi Hamid Habibiddinov olib borgan, binobarin haqoratli so‘zlar uning og‘zidan chiqqan.

Hokimdan haqorat eshitgan mulozimlardan biri kuni kecha ishdan ketish to‘g‘risida ariza yozganini bildirdi.

Audioyozuvda haqoratlar silsilasining eng kuchlisi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Alisher Mo‘minovga nisbatan aytilgani eshitiladi.

Shahar hokimi yig‘inda ishtirok etgan bo‘limning 8 xodimiga nisbatan “q.. yebsan, k.., na x.., p..., g..., og‘zingga q..., s..., blyad, miyangga q..., ” kabi haqoratli so‘zlarni o‘nlab marotaba ishlatadi.

Audioyozuvdan Hamid Habibiddinov deb ishonilgan shaxs, go‘yoki uning topshirig‘ini bajarmagan Alisher Mo‘minovni jinsiy zo‘rlash bilan tahdid qilayotganini ham eshitish mumkin.

Alisher Mo‘minov Ozodlik bilan suhbatda shahar hokimi uni haqorat qilganini tasdiqladi.

U ushbu yig‘indan bir necha kun o‘tib ishdan bo‘shash haqida ariza yozishga majburlanganini bildirdi.

Farg‘ona shahar hokimi Hamid Habibiddinov Ozodlik muxbirining 19 avgust davomida qilgan ko‘plab qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi.

Majlisda ishtirok etgan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sherip Niyozmetov shahar hokimining uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish xodimlarini haqorat qilganini inkor etdi.

Haqoratlar silsilasi

Majlis ishtirokchilari tomonidan yozib olinib, Ozodlikka yuborilgan audio yarim soatga yaqin.

O‘zini Farg‘ona shahar hokimligi mulozimi deb tanishtirgan shaxsning aytishicha, bu majlis 14 avgust kuni Farg‘ona shahar hokimligi binosida bo‘lib o‘tgan.

Audiodagi ovoz shahar hokimi Hamid Habibiddinovga tegishli ekanligini majlisda qatnashgan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limining ikki nafar xodimi va shahar hokimligi mulozimlaridan boshqa biri ham tasdiqladi.

Yig‘inda Hamid Habibidinov deb ishonilayotgan shaxs o‘zining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari o‘ngida nafar kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limining 8 xodimini xususiy shirkatlar qaramog‘ida bo‘lgan ko‘p qavatli uylar ta’miriga e’tibor qaratmayotganlikda ayblaydi.

Ayni ovoz egasi majlis boshidan 13- daqiqasiga qadar 17 marta k., 23 marta b..d, 22 marta q..., 10 marta s..., 6 marta x.. kabi haqoratli so‘zlarni ishga soladi.

Audiodagi ovoz, ayniqsa, unga ta’mirlash ishlari haqida hisobot taqdim eta olmagan shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i 35 yashar Alisher Mo‘minovni ayovsiz haqorat qiladi:

Ey p..., miyangga q..., g...b...d. Ey k.., nima ish qilayapsan 8 ta odaming bilan? Sektorda yotibdimi ertalabdan kechgacha? Q...mni yebsan, na x..., Ey miyangga q..., Qani uchyot b...d, ey ko‘t? A qani uchyot b...d? Banklar kesimida qaysi shirkat qaysi bir uyga biriktirilaan, qaysi shirkat zayavka bo‘yicha qancha oldi, qancha olmadi yoki qancha prosrochkaga chiqqanlari j...b?

Unga javob berishga uringan Alisher Mo‘minovga ovoz egasi “basharangni yorib qo‘yaman” deya tahdid qiladi:

Ey k.., bir kun oldin nimaga tayyor turmading? Tushir qo‘lingni ey qo‘lingga q..m! Basharangni yorib qo‘yaman, b..d, p...st! Kimni erkatoyi bo‘lsang ham, k...ga s.. qo‘yaman, tushundingmi?

Alisher Mo‘minov so‘nggi vaziyat bo‘yicha hokimlikka maktub yo‘llaganini bildiradi, biroq shahar hokiminiki ekani ishonilgan ovoz uning gapini yana bo‘ladi:

Xatingga q...im, hozir kim o‘qiydi seni xatingni, ey! Kim o‘qiydi seni xatingni? He dabba!

So‘ngra ovoz egasi shahar hokimining o‘rinbosari Sherip Niyozmetovga yuzlanib, unga tashkiliy ishlarga e’tibor bermagani uchun dashnom beradi.

Q....y qarasangiz bo‘lmaydimi? Ko‘tanini sug‘urib olmaysiz bularni? Sizam gaplashmaysiz, mening vaqtim bo‘lmaydi. Bilgani uchun xohlagan joyida yuripti b...d. Bari kiradigan joyigsha kirib yotibdi, b...d”.

Hamid Habibiddinov ekani ishonilgan shaxs uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlariga agar yolg‘on gapirsalar, jinsiy zo‘rlash bilan tahdid qiladi:

Men aytib qo‘yay - mening xarakterimni bilsang – yolg‘on, zarracha yolg‘on aralashtirsang, k...ga s...n, aytib qo‘yay! Qaysi biring bo‘lsang ham. Ko‘taningni sug‘urib bo‘yningga o‘rab qo‘yaman, tushundingmi?

Hamid Habibidinov deb ishonilayotgan shaxs ularni ishdan haydashini aytadi:

Tizzasiga o‘tirg‘izib, boshingni silab, qo‘linggga q...ni ushlatib qo‘yib, uqalatib o‘tiradigan rahbarlar kelganda kelib ishlayverasan mendan keyin, tushunishdingmi?

Ortidan haqoratini yana Alisher Mo‘minovga qaratadi:

Kallangga x...m, ho‘kiz, b...d. Miyangga s...y, yo‘qol na x... san, yo‘qol, na x.., b...d, p...st, k.., miyangga s... sani, p..., b...d! Shunaqa zo‘rmisan san? Senga o‘xshagan zo‘rlarni s...verib, q... qayrilib ketgan, k...t! E miyangga q... sani, jallab! P...st b...d.”

Shahar hokimi - shaharning otasi?

Boshlig‘idan dashnom eshitgan shahar hokimining o‘rinbosari Sherip Niyozmetovniki ekani ishonilgan ovoz uning haqoratlarini oqlashga urinadi.

Hokim muovini boshlig‘ining haqoratlarini "yaxshilikka" yo‘yadi:

"Shaharning otasi bu odam. Farzandini uradi, so‘kadi, yaxshi gapiradi. Har gapi senlar uchun dori bo‘lishi kerak! Senlar o‘zingga shuni normalniy qabul qilib ol. Hammasi yaxshilikka. Mana shunday gaplar bo‘lsa, ish bilan shug‘ullanasan" deydi u.

Ozodlik 19 avgust kuni Sherip Niyozmetovga bog‘landi va majlisda yangragan haqoratlar bo‘yicha izoh so‘radi:

- Hech qanday haqorat qilgani yo‘q. Hech qanday haqorat bo‘lgani yo‘q" dedi Niyozmetov, ammo Ozodlikda audioyozuv borligini eshitgach, go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.

Farg‘ona shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri Alisher Mo‘minov Ozodlik bilan suhbatda shahar hokimi uni haqorat qilganini tasdiqladi.

Alisher Mo‘minovning iddao qilishicha, shahar hokimining noqonuniy talablarini bajarishni istamagani uchun uni jazolashga bel bog‘lagan.

U ikki kun muqaddam vazifasidan ketishga majburlanganini ma’lum qildi.

Ozodlik suhbatlashgan uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limining boshqa xodimlari ham ularga shahar hokimi ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilayotganini aytdilar.

Farg‘onacha idora uslubi

Farg‘ona viloyatida rahbarlarning haqoratli ovozlari oldin ham Internetga sizdirilgan.

May oyida Farg‘ona viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning ovozi deb iddao qilinayotgan audioyozuvda ovoz egasi viloyat Majburiy ijro byurosi va Soliq idorasi boshliqlariga ularning “ichagini sug‘urib, boshiga salla qilish”, bilan tahdid qilgandi.

XS
SM
MD
LG