Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:40

O‘z xodimini yotqizib chotiga tepgan sud raisi jazodan 20 million so‘m jarima bilan qutuldi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Navoiy viloyat ma’muriy sudining o‘z xodimini yerga yotqizib, chotiga tepgan raisi Otabek Toshevga eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida (20 million 273 ming so‘m) jarima jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudida 12 avgustda chiqarilgan hukmga ko‘ra, shuningdek, sobiq sudya ikki yil muddatga sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda va mansabdorlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Ozodlik 15 fevral kuni ertalab Otabek Toshev Navoiy viloyat sudining tizimni boshqarish va xizmat ko‘rsatish muhandisi, 31 yashar Dilshod Norovni hamkorlari ko‘z o‘ngida yerga yotqizib tepgani haqida xabar bergandi.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali chiqargan tashxisga ko‘ra, yorg‘og‘ining chap bo‘lagi yopiq shikastlangan Dilshod Norov bir hafta davomida shifoxonada qolgan.

"Odil sudga yetkazilgan putur"

Sud hukmi
Sud hukmi

Videokonferensiya aloqa rejimida o‘tkazilgan sud majlisi so‘ngida, 43 yashar Otabek Toshev o‘z mansab vakolati doirasidan chetga chiqishda aybdor deb topildi.

Nusxasi 26 avgustda Ozodlikka yetib kelgan hukmga ko‘ra, Otabek Toshev o‘z xodimi Dilshodga "televizor pultini otib, uning oldiga borib, oyog‘i bilan uning ikki oyog‘i orasi (jinsiy a’zosi)ga tepib, tan jarohati yetkazgan".

Sud hukmida xulosa qilinishicha, Otabek Toshev “mansabdor shaxs bo‘la turib, sud etikasiga zid ravishda” ish tutgan.

Bu amali bilan Navoiy viloyat ma’muriy sudining raisi “fuqarolar va jamiyat oldida O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi va odil sudlovning nufuziga putur yetkazilishiga sababchi bo‘lib, D. Norovning qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan”.

Ayblanuvchi va jabrlanuvchi vajlari

Jabrlanuvchi Dilshod Norov
Jabrlanuvchi Dilshod Norov

2017 yil avgustida Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasiga tayinlangan Otabek Toshev videokonferensiya aloqa rejimida o‘tkazilgan ochiq sudda aybiga iqror bo‘lmagan va o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni “tuhmat” deb atagan.

U Dilshod Norovga “9 fevralda og‘zaki tanbeh bergani uchun unda qasd olish niyati paydo bo‘lishi mumkin”ligini aytgan.

Otabek Toshev jabrlanuvchini urmagani balki “jahl ustida” televizor pultini unga qarata uloqtirganini qo‘shimcha qilgan.

U “Dilshod Norovga yoki boshqa xodimlarga ham og‘zaki tanbeh berib turganini, lekin haqorat qilish yoki kamsitish holatlari umuman bo‘lmaganini” aytgan.

U 16 yil davomida “sud tizimida halol ishlab kelib, past-balandni yaxshi bilishini, bu kabi tuhmat bilan o‘zining bir necha yillik mehnati barbod bo‘lishini bildirib, unga nisbatan oqlov hukmi chiqarishni” so‘ragan.

Biroq jabrlanuvchi Dilshod Norov uning “ikki oyog‘i orasi”ga tepgan payti “jinsiy olatining tepasi og‘riganini”aytgan.

Uning da’vo qilishicha, Otabek Toshev oldin ham ikki marta xodimlar o‘ngida “sharmanda” qilgan.

Dilshod Norov Navoiy viloyat ma’muriy sudi raisini “kechira olmasligi bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan”.

Tashxis

Tashxis nusxasi
Tashxis nusxasi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filiali 15 fevralda chiqargan klinik tashxisga ko‘ra (tashxis nusxasi Ozodlikda mavjud),Dilshod Norov “yorg‘og‘ining chap bo‘lagi yopiq shikastlangan”.

Umumiy ahvoli o‘rta og‘irlikda. Yorg‘oq chap yarmi hisobidan biroz assimetrik, og‘rliqli, og‘riq chap chov sohasiga tarqaladi,” deyiladi tashxisda.

15 fevraldan 22 fevralga qadar kasalxonada qolgan Dilshod Norov bir necha oy davomida urologning ambulatoriya nazoratida qolgan.

Dilshod Norovning yaqinlari sobiq sudya ustidan mahkamaga arz qilarkan, "adolatning o‘rnatilishiga" umid qilganliklarini aytdilar.

Ozodlik Otabek Toshevning o‘zi bilan 26 avgust kuni bir necha bor bog‘lanishga urindi.

Lekin sobiq sudya mobil telefonini ko‘tarmadi.

XS
SM
MD
LG