Линклар

Шошилинч хабар
19 сентябр 2019, Тошкент вақти: 20:00

Qirg‘iziston vitse-bosh vaziri: So‘x-Rishton yo‘li hozircha ochilmaydi


Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi So‘xga o‘tiluvchi chegara maskani.

O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan So‘x eksklavini O‘zbekistonning asosiy hududi bilan bog‘lovchi So‘x-Rishton yo‘li hali ochilgani yo‘q. Bu haqda Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzaqov Azattiq radiosiga (Ozod Yevropa/Ozodlik radisi qirg‘iz xizmati) bildirdi.

Bosh vazir o‘rinbosariga ko‘ra, So‘x-Rishton yo‘lini ochishdan oldin bir qator masalalar o‘z yechimini topishi lozim:

- Tilga olingan hududda qilinadigan ishlar ko‘p. Dastavval Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishimiz lozim. Ittifoqqa a’zolikdan Qirg‘iziston zimmasiga yuklangan majburiyatlar orasida veterinar, fitosanitar xavfsizlik masalalari bor. Shu masalalar yechilmaguncha yo‘lni ocha olmaymiz.

Olti yil avval yopib qo‘yilgan So‘x-Rishton yo‘li 31 avgust kuni qayta ochilgani to‘g‘risida O‘zbekistondagi rasmiy nashrlar ma’lumotlariga tayanib, Ozodlik xabar qilgan edi.

O‘zbekistonning So‘x eksklavida 2013 yil 5-6 yanvar kunlari mahalliy aholi va Qirg‘iziston chegarachilari o‘rtasida chiqqan mojaro ortidan So‘x-Rishton yo‘lidagi chegara punktlari yopib qo‘yilgan edi.

Farg‘ona viloyatining ikki tumanini bog‘lovchi taxminan 70 kmlik bu yo‘l deyarli to‘lig‘icha Qirg‘iziston hududidan o‘tadi.

So‘xni O‘zbekistonning qolgan hududi bilan boshlovchi eng qisqa yo‘l yopilganidan beri o‘tgan qariyb olti yil davomida so‘xliklar Farg‘onaga o‘tib-qaytish uchun Vodil orqali 130 km.dan ko‘proq yo‘l bosishga majbur bo‘lishgan.

O‘tgan yil O‘zbekiston-Qirg‘iziston rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegaralari cheklovlarsiz bordi-keldi uchun ochilishini va’da qilgan edi.

2013 yil yanvar oyida sodir bo‘lgan voqealar oqibatida Farg‘ona viloyatining So‘x tumaniga olib boruvchi Rishton yo‘li yopilib, «Vodil» posti yagona qatnov yo‘li hisoblanardi.

XS
SM
MD
LG