Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 18:44

OzodDayjest: O‘limidan to‘qqiz oy o‘tib buxorolik muallimaning jasadi eksgumatsiya qilindi


Illyustrativ surat.

Jiddiy o‘zgarishdan umidini uzgan taniqli mutaxassis deputatlik uchun kurashish fikridan qaytdi. O‘zbekiston o‘rta ta’lim tizimida qog‘ozbozlik illati hamon uchramoqda. O‘limidan 9 oy o‘tib, g‘ijduvonlik muallima Gulmira Nuriddinovaning jasadi eksgumatsiya qilindi va qayta o‘rganildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

Davlat boshqaruvi sohasida mutaxassis Aziza Umarova deputatlik uchun kurashish fikridan voz kechdi

Davlat boshqaruvi sohasida mutaxassis Aziza Umarova 2019 yil dekabr oyida o‘tadigan parlament saylovida qatnashmaydi. Bu haqda u Telegram tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Nomzodlar borasida oldingi saylovlarga nisbatan jiddiy siljishlar bo‘lishiga ishonchim komil emas. Sizlar qatori men ham umrim davomida o‘zim saylagan birorta deputatni bilmaganman, yuzma-yuz kelmaganman, nima bo‘libdi, yashayapmiz-ku! O‘tgan oylar mobaynida partiya hali biror bir yig‘ilishiga chaqirgani yo‘q. Nomzodlarning tayinlanish jarayoni mavhum. Ma’lumot to‘plash va axborot hujumlari tushunarsiz bo‘lmoqda” deb yozgan taniqli mutaxassis.

Qayd etilishicha, hozircha yuqori marralarni belgilash, partiyalar va yangilangan parlamentlar to‘g‘risida gapirish mavridi emas. Shuningdek, u hech bo‘lmasa 10 nafar munosib nomzodlarga imkon berilishiga umid bildirgan.

Aziza Umarova avvalroq “Milliy tiklanish” partiyasi vakili sifatida parlament saylovi qatnashish istagini bildirgan edi.

O‘zbekiston maktablarida ta’lim sifati pastligining asosiy sabablari aytildi

O‘zbekiston o‘rta ta’lim tizimida qog‘ozbozlik illati hamon uchramoqda. Bu haqda UzAnalytics saytida e’lon qilingan tahliliy maqolada so‘z boradi.

“Yuqoridan komissiya keladigan bo‘lsa, birinchi o‘rinda hujjat va hisobotlar taxt bo‘lishi kerak. O‘qituvchi buning uchun ko‘p vaqt sarflashga majbur. Komissiya, hech bo‘lmaganda, bir soat o‘qituvchining darsiga kirib, malakasini baholash o‘rniga, yig‘ilgan hujjatlar va yozilgan hisobotlar asosida xulosa chiqarib, qaytib ketaveradi” deydi toshkentlik o‘qituvchi va psixolog Oyjamol Turdiqulova.

Shuningdek, sinflarda bolalar sonining haddan ziyod ko‘pligi, texnik vositalar yetishmasligi, darsliklar talabga javob bermasligi, o‘qituvchilarning professional darajasi pastligi kabi muammolar ham sanab o‘tilgan.

Qayd etilishicha, maktablarda ta’lim sifati pastligi yana bir sababi– turg‘unlik. Og‘zaki aytilayotgan gap ko‘pligiga qaramay, amalda o‘sish yo‘q.

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) tadqiqotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda to‘rtinchi sinf o‘quvchilari orasida faqat 43 foiz bolalargina o‘qigan narsasini tushuna oladi. Mavjud muammolarni hal etish va tizimni isloh etish uchun O‘zbekiston milliy ta’lim dasturini qabul qilish belgilangan.

O‘limidan to‘qqiz oy o‘tib buxorolik muallimaning jasadi eksgumatsiya qilindi

O‘limidan 9 oy o‘tib, g‘ijduvonlik muallima Gulmira Nuriddinovaning jasadi eksgumatsiya qilindi va qayta o‘rganildi (www.daryo.uz, 2 centabr).

Qayd etilishicha, G.Nuriddinova 2018 yil 1-4 yanvar kunlari G‘ijduvon tumanidagi 65-sonli QVP mudiri, shifokor Salohiddin Xolovning yashash uyida tashkil qilingan kasalxonada ambulator tartibda davolangan.

4 yanvarga o‘tar kechasi shifokorning uyidan chiqib ketgan. Shu kuni soat 09:05 da ushbu xonadondan 1 kilometrcha uzoqlikdan oqib o‘tuvchi Ja’far arig‘idan uning jasadi topilgan.

Murda shu kuni ekspertiza o‘tkazilib, tanasi yorib ko‘rilgan. Qayd etilishicha, marhumaning tana a’zolarida jarohatlar aniqlanmagan. Muallimaning yaqin qarindoshlari ekspertiza to‘liq o‘tkazilmagan deb hisoblagach, eksgumatsiya o‘tkazilgan.

Eksgumatsiyadan keyin mutaxassislar marhumaning tanasi suvga tushgan paytda u allaqachon o‘lgani haqida xulosa bergan. Shunga ko‘ra shifokor Salohiddin Xolov G.Nuriddinovaning o‘limida gumonlanib qamoqqa olingan. Marhumaning otasi Fazliddin Nuriddinov qizi shifokor tomonidan o‘ldirilib, keyin ariqqa tashlanganini iddao qilgan. Ushbu holat bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG