Линклар

Шошилинч хабар
14 октябр 2019, Тошкент вақти: 18:07

Muhtaram Axtam Xaitov¸ go‘sht qimmatlashib ketganining asl sababini aytaymi?


O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitovning go‘sht qimmatlashgani sababi qilib aholining juda ko‘p go‘sht iste’mol qilayotganini keltirgani keskin e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

"Siz kabi rahbarlar go‘shtning qimmatlashib ketish asl sababini bilasiz¸ lekin aytishga qo‘rqasiz. Xizmat kursingizdan qo‘rqasiz"¸ deydi bu muhokamalarga qo‘shilganfarg‘onalik iqtisodchi Diloromxon Sultonova.

Hayitov bayonotiga javoban yozgan maktubida Sultonova O‘zbekistonda go‘sh narxi muttasil oshib borayotganining asl sabablari haqida o‘z fikrlarini keltiradi.

​Iqtisodchi mulohazalari bugungi OzodMaktubda.

​OzodMaktub ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

**********************

Men Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidan Diloromxon Sultonovaman. Kasbim iqtisodchi. Salkam o‘ttiz yillik faoliyatimning o‘n besh yili qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq.

O‘zLidep siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Axtam Xaitovning O‘zbekistonda go‘sht narxining qimmatlashib ketganiga xalqning go‘shtxo‘rligi sabab degan gapiga javoban. O‘zbek xalqini go‘shtxo‘rlikda, ovqatlanish madaniyati yo‘qlikda ayblash ochiqchasiga savodsizlikdir.

Men mutaxassis sifatida shunday deyman: muhtaram Axtam Xaitov, siz o‘z lavoziminingizni sidqidildan bajargan bo‘lganingizda, xizmat pillapoyasidan sal pastroqqa tushib, oddiy insonlar bilan ozgina muloqot qilganingizda edi shu damda minbardan turib bu gaplarni gapirmagan bo‘lardingiz.

Go‘shtni ko‘p yeymiz emish, siz bilasizmi odamlar orasida 7-8 jondan iborat oilalar ro‘zg‘origa bir oyda bir kilogramm go‘sht kirmaydigan oilalar borligini? Uyaling, siz rahbarman deyishga uyaling. Siz kabi rahbarlar ko‘rib ko‘rmaslikka olib, bilib bilmaslikka olib go‘shtning qimmatlashib ketish asl sababini bilasiz¸ lekin aytishga qo‘rqasiz. Xizmat kursingizdan qo‘rqasiz.

Siz o‘ylagan omi xalq Amir Olimxon va Xudoyorxonning zamonida qolib ketgan. Bir kun kelib siz hohlaysizmi yo‘qmi sizdan rahbarlikni olib, kursingizdan uloqtirib tashlaydigan ko‘zi ochiq , bilimli odamlar bor. Bilmasangiz bilib oling. Har zamonda iqtisod bilan ham shug‘ullanib tursangiz foydadan xoli bo‘lmaydi.

2004 yildan boshlab shirkat xo‘jaliklari tugatilib, fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 3-4 yil hech kim fermerning mushugini pisht demadi. Fermer rejani bajarsa bo‘ldi. Yerga qanday qaraydi, rejani qachon va qanday bajarishi bilan hech kimni ishi bo‘lmadi. Xullas¸ hech kim fermer ishiga aralashmadi. Guruch olasiz bo‘lmaganidek¸ fermerchilikka adashib kirib qolgan kimsalar o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulki bo‘lgan ekin yerlarini mehnat qilishdan qochib, qandaydir o‘ziga o‘xshagan kimsalar bilan tillashib, fuqarolarga shaxsiy uy joy qurish uchun pullab yubordi. Qariyb 10 yil davomida chorva, paxta-g‘alla va sabzavotchilik uchun ajratib berilgan ekin yerlarini boshqa kimsalarga shaxsiy manfaati uchun sotish poygasi avjga chiqdi. Eng achinarlisi bu ishlarning tepasida tuman hokimlari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislari, yer-mulk kadastri boshliqlari va MMTP rahbarlari turganligidir. Ular tuproq unumdorligi yaxshi, suvga o‘ng, dehqoncha qilib aytganda “lahm” yerlarni har xil maqsadlar uchun noqonuniy ravishda fuqarolarga sotib yuborishdi. Huquq tartibot idoralari bu ishlarni ko‘rib ko‘rmaslikka olishdi. Shu tufayli yildan yilga qisqarib ketgan paxta va g‘alla maydonlari chorva fermerlari zimmasiga yuklandi. Ya’ni chorva yerlariga hokimlik bosimi ostida paxta va g‘alla ekildi. Bu esa chorva uchun mo‘ljallangan ozuqa ekinlarining, bunga mutanosib ravishda chorva bosh sonining kamayib ketishiga olib keldi. Bu birinchi sabab.


Ikkinchi sabab: tuman hokimlari hech qanday auksionsiz o‘z tanish- bilishlariga qora mollari bor yoki yo‘qligini tekshirmasdan turib unumdor yerlarni ajratib berishdi. Shundan keyin bu yerda chorva mollari boqilyaptimi¸ yo‘qmi¸ birov nazorat qilmadi.


Respublikada paxta va g‘allaning xarid narxi oshganiga endigina 2-3 yil bo‘ldi. Undan avval paxtaning va g‘allaning o‘z tannarxidan past bahoga sotilishidan qat’iy nazar ularning eng oxirgi chiqindisidan tayyorlanadigan chorva ozuqasining narxi esa paxta va g‘allaning xarid narxidan bir necha barobar yuqori bo‘ldi. Buni ham hech kim nazoratga olmadi. Agar tumanda hokimlar adolatli qarorlar chiqarib, har bir chorva fermer xo‘jaligining ish faoliyatini tahlil qilib kerak bo‘lsa yordam berib, yaxshi ishlamaydigan chorvadorlarni o‘rniga boshqasini qo‘yib ish yuritganida edi hozirgi kunda Respublikada go‘sht mahsulotlari ancha ko‘paygan bo‘lar edi. So‘zimning isboti sifatida Respublika Bosh Prokuraturasi tekshiruv xulosasi dalolatnomasini jo‘natyapman

XS
SM
MD
LG