Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:42

OzodDayjest: Erining kaltaklashlari jonidan o‘tib ketgan ayol o‘zini osdi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Qashqadaryoda eri muttasil kaltaklagan ayol oxir-oqibat o‘z joniga qasd qildi. Bosh prokuratura MIBni o‘z qanotiga olgani e’tiroz uyg‘otdi. Bloger Guseyn Gasanovni ko‘rgan o‘zbekistonlik fanat yigitlarning hushi boshidan uchdi.

_____________________________________________________________

Qashqadaryoda erining kaltaklaridan bezgan ayol o‘z joniga qasd qildi


Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yashovchi 37 yoshli erkak o‘z joniga qasd qilgan ayolining o‘limida aybdor, deb topildi (“Huquq”, 19 sentabr). Ismi oshkor etilmagan erkak rafiqasini muttasil kaltaklagan, gohida esa tegirmonxonaga qamab, non-suvsiz qoldirgan. Ayol ushbu holat yuzasidan mahalla idorasi hamda tuman xotin-qizlar qo‘mitasiga murojaat qilgan. Orada asab kasalliklari shifoxonasida davolanib chiqqan. Ammo o‘rtadagi ikki farzandni o‘ylab yana oilasiga qaytgan. Yana davom etgan zo‘ravonliklar jonidan o‘tib ketgan ayol o‘zini osgan. Qayd etilishicha, erkak sudda xotini o‘limida aybi yo‘qligini aytgan. Ammo uning o‘g‘li otasi onasini muttasil kaltaklab kelgani haqida guvohlik bergan. Sudlanuvchi 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

MIBning prokuratura qanoti ostida bo‘lishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelmoqda


Majburiy ijro byurosining prokuratura qanoti ostida bo‘lishi manfaatlar to‘qnashuviga olib kelmoqda. Telegramdagi Davletovuz kanaliga ko‘ra, prokuratura amalda o‘z xodimini javobgarlikka tortishi ehtimoli juda past. Bu esa o‘zaro tiyib turish tamoyiliga ziddir. Shu bois MIBni prokuratura tizimidan chiqarish, byuroning o‘tgan 2-3 yillik faoliyatini elakdan o‘tkazib, maqsadga muvofiqligi va samaradorligini o‘rganib ko‘rish lozim.

Qayd etilishicha, sentabr oyida bosh prokuratura uch marta MIB xodimiga qarshilik ko‘rsatilgani haqida rasmiy xabar tarqatdi. Biroq biror marta ham fuqaroning huquqini buzgan MIB xodimi haqida axborot bermadi. Davletovuz kanali MIBni faqat jabrdiyda qilib ko‘rsatish holatini amaldorlarning xalqni aybdor qilish “kasali” bilan izohlagan.

O‘zbekistonlik fanat yigitlar bloger Guseyn Gasanovni ko‘rib o‘zini yo‘qotib qo‘ydi


Rossiyalik bloger Guseyn Gasanov 15 sentabr kuni Toshkentdagi Central park’da o‘zbekistonlik muxlislari bilan uchrashdi (www.daryo.uz, 16 senatbr). Qayd etilishicha, asosan yigitlardan iborat bo‘lgan muxlislar blogerning ortidan yugurgan, u bilan ko‘rishish maqsadida ichki ishlar xodimlarining qarshiligini ham yengib o‘tishga harakat qilgan.

Guseyn Gasanov O‘zbekistonga safari davomida Samarqand va Qo‘qonda ham bo‘lgan. U mamlakat prezidentining kuyovi Otabek Umarov taklifiga ko‘ra kelgani xabar qilingan. Jumladan, bloger ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga O.Umarov bilan birga tushgan suratini joylagan.

2019 yil fevralda turk aktyori Burak O‘zchivit O‘zbekistonga kelganida uning ortidan o‘zbekistonlik qizlarning yugurgani aks etgan videolar tarqalgan va bu hol jamoatchilik tomonidan keskin tanqid qilingandi.

XS
SM
MD
LG