Линклар

Шошилинч хабар
14 октябр 2019, Тошкент вақти: 18:08

"O‘zbeklar yurtida o‘zbek tarixida o‘chmas iz qoldirganlarga yodgorlik yo‘q"


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Anvar Nazir 29 sentabrda o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Boshkentga kelgan odam shu yurtning boshkentimi bu degan savol beradi. O‘zbek tarixida o‘chmas izlar qoldirgan jadidlar, «bosmachilar», muxtoriyatchilar, sog‘uniylar, mirabdullayevlar, parfiylar -bular nomi bilan na bir ko‘cha, na bir bekat nomlagan, na bir bularga bag‘ishlangan muzey bor.

Biror bir yodgorlik ham yo‘q. Biror bir mamlakatda bunaqasini uchratmaysiz. Misol Jizzahda markaziy bog‘da 1916 yil Turkiston qo‘zg‘oloni qatnashchilarining norasmiy, ommaviy qabri bor.Shu joyda bir kichik yodgorlik o‘rnatish muammomi?

Qo‘qonda Turkiston Muxtoriyatiga oid ko‘chalar, binolar bor ammo biror bir nom shu sana bilan bog‘liq abadiylashtirilmagan.

Sovetni o‘lib sevgan nusxalar «bu tarix, uni o‘zgartirib bo‘lmaydi, buni o‘chirib bo‘lmaydi..» deb gapirishni sevishadi. Lekin jadidlar, «bosmachilar» Muxtoriyat, 1916- yil Qo‘zg‘oloni - bular ham tariximiz, buni ham o‘chirib bo‘lmaydi, buni ham o‘zgartirib unutib bo‘lmaydi!

Yoki tarix bugungi tizim uchun gipermarketmi? Istagan tarix sahifasini olishadi, istamagani tanimay yurishadimi?

Bunaqa tanlov tagida siyosat bor, asli mana shuni tarixni siyosatlashtirish deb atashadi! Odam bu haqida yozaverib charchadi, davlat nima demoqchi bu bilan? Mustamlakachilikni tiklash bu.
Avliyo Georgiyni esa davlat endi yodgorlik ko‘rinishida abadiylashtirdi....yetib keldik.....

XS
SM
MD
LG