Линклар

Шошилинч хабар
28 феврал 2020, Тошкент вақти: 23:33

Blogerlar Eron bilan ehtimoliy mahbus almashuvidan so‘ng Avstraliyaga qaytdi


Avstraliyalik blogerlar Mark Firkin va Joli King

Avstraliyalik sayohat blogerlari Joli King bilan Mark Firkin, Eron qamoqxonasida oylab o‘tirgandan so‘ng, Pert shahridagi uyiga qaytib keldi.

Bunga Eron bilan aristonlar almashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Avstraliya hokimiyat idoralari Tehron 6 oktabrda er-xotinni hibsdan ozod etgani, o‘zlari esa bir yildan beri Kvinslendda ushlab turilgan eronlik olimni qo‘yib yuborganini ma’lum qildi.

Avstraliya Kvinslend universitetidagi saraton xastaligi bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan 38 yashar Rizo Dehboshi Kivini 2018 yil sentabrida hibsga olgandi.

38 yashar Rizo Dehboshi Kivi (o‘rtada)
38 yashar Rizo Dehboshi Kivi (o‘rtada)

Bunga Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumatining olimni elektron harbiy qurilmalarni Eronga eksport qilish bo‘yicha fitna uyushtirganlikda ayblab, ekstraditsiya qilishni iltimos qilgani sabab bo‘lgan edi.

Bosh prokuror Kristian Porterning bayonotida aytilishicha, Kanberra “ushbu ishning barcha holatlari”ni ko‘rib chiqqandan so‘ng AQShning ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi iltimosini rad etishga qaror qilgan.

Mening qarorim Avstraliyaning ichki huquqiy jarayonlar talablariga mos ravishda qabul qilindi hamda qonunlarimiz bo‘yicha Hamdo‘stlik bosh prokuroriga berilgan vakolatlarga to‘liq muvofiq keladi, ‒ dedi Porter.

Vaqti to‘g‘ri kelganiga qaramay, Porter aristonlar almashilganini tasdiqlamadi.

U almashuv haqida mish-mishlar bo‘lishini bilgan holda: “Men bu ishning muayyan tafsilotlarini ochiqlashni istamayman, ayni savolga men beradigan har qanday javob Avstraliya hukumatining kelgusida bunday masalalarni o‘z manfaatlaridan kelib chiqib hal etish iqtidoriga zarar yetkazishi mumkin”, deb aytdi.

XS
SM
MD
LG