Линклар

Шошилинч хабар
19 ноябр 2019, Тошкент вақти: 12:20

OzodTarmoq: K.Allamjonov Karimov davrini "25 yillik yopiq rejim" deb atadi


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonov Facebook ​sahifasida 11 noyabrda e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

****

Samarqandda tashkil qilingan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar elchilari ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro davra stolida xorijlik mehmonlarga O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdik.

Komil Allamjonov
Komil Allamjonov

Afsuski, uzoq yillar «xalqimiz so‘z erkinligiga tayyor emas» degan yolg‘on tamg‘a yopishtirilib, jurnalistlar uzoq yillik senzuraga mahkum etildi. Aslida odamlarimiz qanchalik erkin va dovyurak bo‘lganini to‘qsoninchi yillar boshidagi parlament sessiyalari ham tasdiqlaydi. Yaqinda «Youtube» orqali o‘sha tasmalarni ko‘rib, so‘z erkinligining haqiqiy va samimiy ko‘rinishiga guvoh bo‘ldim.

Yigirma besh yillik yopiq rejimdan so‘ng hattoki jurnalistlarimizni ham ichki senzura butunlay tark etgani yo‘q. Muammolarning barchasini bir zumda hal etish mumkin emas, biroq Prezidentimizning siyosiy irodasi tufayli sohadagi muammolar birin-ketin barham topyapti. Davlat rahbari jurnalist va blogerlarni qo‘llab-quvvatlayapti, tanqidiy materiallar yozishga chorlayapti. Bu — zamon va islohotlar talabi.

Ishonchim komilki, O‘zbekiston yaqin kelajakda ochiqlik va oshkoralik tamoyilini yanada mustahkamlaydi va dunyodagi so‘z erkinligi, demokratiya qaror topgan mamlakatlar safiga qo‘shiladi.

Biz 2020 yilda So‘z erkinligi Markaziy Osiyo forumini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyormiz.

XS
SM
MD
LG