Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:53

Bryussel Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishiga oid bitimni ma’qulladi


Donald Tusk.
Donald Tusk.

Yevropa Ittifoqi Brekzit bo‘yicha bitimni ma’qulladi. Bu haqda Yevrokengash rahbari Donald Tusk Bryusselda bo‘lib o‘tgan YI sammitidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bildirdi.

Tuskning fikricha, bitim London va Bryussel o‘rtasidagi mojarolarning oldini oladi.

YI saytidagi bayonotda Brekzit sanasi 1 noyabr o‘laroq ko‘rsatilgan. Biroq Britaniyaning YIdan chiqishi mamlakat parlamenti barcha hujjatlarni tasdiqlaganidan keyingina amalga oshiriladi. Xabarnomada tomonlar tig‘iz hamkorlik aloqalarini saqlab qolish niyatida ekani ham qayd etilgan.

Matbuot anjumanida Tusk, agar Buyuk Britaniya parlamenti yangi bitimni qabul qilmasa va bu haqda London tegishli iltimosnomani Yevropa Ittifoqiga yuboradigan bo‘lsa, u holda Bryussel Brekzitning kechiktirilishi borasida qaror qabul qilishi mumkinligini aytdi.

Biroq, avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker YI Brekzit sanasini o‘zgartirish niyatida emasligi haqida bayonot bergan edi.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson esa, o‘z navbatida, tomonlarda Brekzitni to‘xtatib turishga asos yo‘qligini ta’kidlagan.

YI bilan muzokaralarda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson shartnomadan "bekstop" deya ataluvchi bandni – Irlandiya chegaralari aniqlangunga qadar Shimoliy Irlandiyani avtomatik tarzda YI bojxona ittifoqi va yagona Yevropa bozori tarkibida bo‘lishini chiqarib tashlashga muvaffaq bo‘ldi. Buning evaziga, Britaniya Shimoliy Irlandiyada Qo‘shma Qirollikning boshqa qismlariga nisbatan de-fakto alohida bojxona rejimi amal qilinishiga rozi bo‘ldi.

Jonson parlament Bitimni ma’qullashiga ishonch bildirdi. Biroq ko‘plab kuzatuvchilar bunga shubha qilishmoqda.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG