Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:48

OzodTarmoq: "9 yashar qizlarni emlashga oid "Eshitdingmi, mahluuu" qabilidagi gaplar asossiz"


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Nurbek Alimov 22 oktabrda Telegramdagi Alimoff kanalida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Bloger tilga olgan mavzuni Ozodlik yoritgan edi.

Bloger matnining eng so‘nggi abzatsi eskirib qolgani uchun berilmayapti, qolgan qismi tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Shu kunlarda telegramda pappiloma virusiga qarshi emlash bo‘yicha "Eshitdingmi Maxpuuu" qabilidagi bo‘lar bo‘lmas asossiz valdirashlar kezib yuribdi. Bugun menga o‘zimni onam shu narsalarni ko‘rsatib qoldilar. Ikkita chet elda ishlaydigan vrach bilan gaplashdim, ikkalasi ham foydali bu narsa dedi.

Men internetdan ingliz tilidagi va rus tilidagi maqolalarni o‘qib chiqdim, o‘zbek tiliga tarjima qilib joylamoqchi edim, lekin bizdagi saytlar ham buni allaqachon yozib bo‘lishgan ekan.

Odam pappiloma virusi (OPV)ga qarshi emlash bo‘yicha barcha savollarga javoblarni mana bu yerdan, o‘qib ko‘rishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi "Tovuqmiyalarning qaqag‘lashlari" o‘rinsizligini esa bu yerdan o‘qing, Pappiloma virusi va bachadon raki xaqida mana bu yerdan BiBiSi ma’lumotlarini o‘qib ko‘ring. Hammasi o‘zbek tilida.

Telegramdagi, mahalladagi sohadan umuman yiroq bo‘lgan g‘iybatchi xotinlarni gapiga kirib o‘z qizingizni kelajagini barbod qilib qo‘ymang do‘stlar. Iloji boricha ko‘proq kanallarga ulashinglar.

Chunki Bizni Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy Teleradiokompaniyalar tupurib qo‘ygan shekilli targ‘ibot ishlariga. Agar shu vaksina qilishlar boshlanishidan oldin hammaga atroflicha tushintirishlar berilganda sodda xalq g‘iybatchilarni gapiga ishonib bunga qarshi bosh ko‘tarib o‘z farzandlarini vaksina qildirmay yaxshilik qilyapman deb yomonlik qilib qo‘yishmas edi.

XS
SM
MD
LG