Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:08

OzodTarmoq: "Paxtani chmolar teradi" degan fermerni prezidentning kuyovi jazoladi


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

Dam olish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda paxta dalasida bir yigitning ko‘rinishidan o‘zidan katta ayol bilan og‘zaki janjali aks etgan video tarqaldi. Yigit janjal davomida ayolni “Chmo” bo‘lganingdan keyin paxta terasanda”, deb haqorat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, terimchi ayolni haqoratlagan yigit fermerdir.

Oradan bir necha soat o‘tib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov o‘zining Instagramida fermerning topishni va jazolanishini shaxsan nazoratga olishini ma’lum qildi.

"Yaramas jazosiz qolmaydi! Bu masala bilan shaxsan shug‘ullanaman!" deb yozdi Otabek Umarov va ketidan rus tilida mana bu gapni qo‘shdi:

"Negodyay obyazatelno budet nakazan! Voprosom zaymus lichno!"⠀

Yana bir necha soatdan so‘ng Otabek Umarov quyidagi postni qoldirdi:

"Qo‘pollik qilgan shaxsning kimligi aniqlandi. Kechirim so‘rash odilona jazoni ta’minlashning birinchi qadami xolos. Tez fursatlarda unga nisbatan qonunda belgilangan chora ko‘riladi".⠀

Bu post ortidan fermerning kechirim so'rab turgan videosini joylashtirdi.

Mana o‘sha video:

OzodTarmoqdan 3 ta savol:

Beodob fermerlarni jazolash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi vakolatlari doirasiga kiradimi?

Beodob fermerlarni jazolash Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari vakolatlari doirasiga kiradimi?

Beodob fermerlarni jazolash Triatlon federatsiyasi raisi vakolatlari doirasiga kiradimi?

XS
SM
MD
LG