Линклар

Шошилинч хабар
18 январ 2020, Тошкент вақти: 09:25

OzodTarmoq: Ikki oqsoqol mahalliy prokuraturadan noroziligini bildirish uchun Toshkentga bormoqchi


Bahodirxon Eliboyev Feysbukda e’lon qilgan surat.

OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Bahodirxon Eliboyev 29 oktabrda o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan​ post va unga ilova qilingan surat e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Namoyish o‘tkazish mumkinmi deb so‘rashdi. Barcha instansiyalardan o‘tishganligini bilganim uchun "ha" deb javob berdim. Yozma murojaatlar bilan 10 yillab yugur-yugur qilgan Mamir aka endilikda keyingi bosqich - namoyish qilish huquqidan foydalanmoqchi.

Sizlarga yakka tartibdagi piketlar qanday amalga oshirilishi haqida oldingi postlardan birida tushuntirgandim. Endi 5 noyabrda ushbu harakatni amaliyotda kuzatamiz.

PS: Darvoqe, piketda, o‘zining kimligi, nima xohlayotgani, u bilan qanday bog‘lanish mumkinligi kabi "dejurniy" savollarga javob bor. Ya’ni, piketda siz kimsiz va nimani xohlayapsiz, tushunarli bo‘lishi kerak.

Piket so‘zsiz bo‘lishi kelishilgan, lekin 5 noyabrda ushbu maslahatga quloq solishadimi, bilmadim. So‘zsiz piket usulida gapirilmaydi. Faqat belgilangan hududda jimgina turiladi.

Bahodirxon Eliboyev o‘z Feysbukidagi postiga ilova qilgan surat
Bahodirxon Eliboyev o‘z Feysbukidagi postiga ilova qilgan surat

XS
SM
MD
LG