Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:15

OzodTarmoq: Karim Bahriyevdan "Innovatsion taklif" - shu kunning ertagi


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida shoir va bloger Karim Bahriyev Feysbukdagi sahifasida 29 oktabrda e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Ijtimoiy satira janrida bir havaskorlik mashqi yozdim shu onda...

INNOVATSION TAKLIF

Qadimda bir shoh vazirlarini chaqiribdi. G‘azab bilan o‘shqiribdi: "Jamoatchilik qabulxonamizg‘a bir noma tushubdi. Qashshoqlikdan aksariyatimiz tilamchilik qilyapmiz, deb yozishibdi. Bu sharmandali hol. Yo‘qotishimiz kerak" debdi.

Moliya vaziri: "To‘xtang, shoxim, ularga litsenziya joriy qilsak chi. Litsenziya pullik bo‘ladi. Yana har oylik soliq belgilaymiz. Byudjetga tushum bo‘ladi" debdi. Shoh: "Balosan, bekorga senga Xurosonda eng usta moliya vaziri unvoni berilmagan" deb shodlanibdi.

Mehnat vaziri ham shodlanibdi: "Millionlab tilamchilarga mehnat daftarchasi ochsak, pensiya daftarchasi ochsak, yana tushum, biz ham millionlab ishchi o‘rinlari yaratildi, deb hisobot tuzamiz".

To‘qimachilik sanoati vaziri ham ilashibdi:"Tilanchilarga yagona majburiy forma joriy etamiz. Tikuvchilik sexlarimizga ish topiladi"...

Shohlik axborot xizmati boshlig‘i qo‘shilibdi:"Tilanchilarni har yil pullik malakasini oshirish kursida o‘qitamiz. Shundoq bir o‘quv markazimiz bor!"

Xodimlar bo‘yicha devon mudiri: "Shtat jadvali tuzib, Tilamchilar bilan ishlash Agentligi tashkil etardik. Agentlik boshlig‘i muovinini josuslik idorasidan qo‘yardik, ko‘z-quloq bo‘lardi" debdi...

Xirot hokimi qo‘shilibdi: "Tilamchilarning tasbih va boshqa ashqol-dashqollarini bizni fabrika ishlab chiqaradi. Chetdan tasbeh olib kirish bojini oshirsak, o‘zimiz ta’minlardik".

" Yetar, - debdi Shoh. - detalarni ishlab chiqinglar, Milliy dastur, yo‘l xaritasi va tadbirlar jadvali tuzinglar. Innovatsion ishlash soz ekan. Mana, xalqning yana bir muammosi hal etildi! "

Karim Bahriyev

Алоқадор

XS
SM
MD
LG