Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2020, Тошкент вақти: 01:54

Karimov qamoqlarida qariyb 10 yil o‘tirib chiqqan huquqbonga xalqaro mukofot berildi


Qarorgohi Pragada joylashgan People in Need (“Muhtoj odamlar”) xalqaro inson huquqlari tashkiloti 31 oktabrda o‘zbekistonlik inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unovni “Adolatsizlik hikoyasi” xalqaro mukofotiga loyiq deb topdi.

People in Need xalqaro nodavlat tashkiloti 15 yildan buyon "Adolatsizlik hikoyasi" mukofotini "totalitar rejim tomonidan ta’qib etilgan shaxslarga" berib keladi.

Tashkilot tarqatgan bayonotga ko‘ra, A’zam Turg‘unov “diktatura tizimiga qarshi kurashda ko‘rsatgan jasorati uchun” nufuzli mukofotga loyiq deb topildi.

66 yashar A’zamjon Turg‘unov hozir o‘zbekistonda kuch tizimlari munosabatidan norozi bo‘lgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilib keladi.

Dunyoning qirqdan ziyod mamlakatlarida o‘z idoralariga ega bo‘lgan People in Need nodavlat tashkiloti demokratiya va inson huquqlarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Tashkilot, shuningdek, siyosiy ta’qiblarga uchragan huquqbonlar, jurnalistlar va ularning oilalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish va demokratik qarashdagi guruhlarni qo‘llab quvvatlash bilan shug‘ullanadi.

"Men - yolg‘iz emasman"

Sovrinni olarkan A’zaz Turg‘unov oxirgi paytlarda O‘zbekistonda inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanish qiyinlashib borayotganini bildirdi.

- O‘zbekistonda inson huquqlari himoyachisi bo‘lish haqiqatan og‘irlashib ketayotgani haqida oxirgi kunlarda ko‘proq o‘ylaydigan bo‘ldim. Men inson huquqlari faoliyati bilan 20 yildan ko‘proq vaqt davomida shug‘ullanaman, ulardan 15 yilini uydirma ayblovlar bilan panjara ortida o‘tkazganman, dedi A’zam Turg‘unov Praga markazidagi madaniyat saroyiga yig‘ilgan yuzlab mehmonlar va tashkilotchilar o‘ngida chiqish qilarkan.

Huquqbon o‘ziga nisbatan tahdidlar va bosimlar hamon to‘xtamayotganini aytdi.

- Yaqinda men ertalabdan ikkita sud majlisiga yo‘l olganimda meni ortimdan kuzatayotgan DXX xodimi: "Ey chol, seni uying orqasida mashina urib ketishidan qo‘rqmaysanmi!?" deb so‘radi, deya hikoya qildi Agzamjon Turg‘unov.

- Barchangizga va har biringizga tashakkur, chunki, siz yonimda ekansiz, maxsus xizmatlar ta’qiblari, telfonlarimni eshitishlari, internetimni o‘chirib qo‘yishlari, qo‘rqitishlari va tuhmatlariga qaramasdan, men - yolg‘iz emasman, dedi Agzam Turg‘unov.

Huquqbon ozodlikka chiqqanidan buyon Karimov davrida nohaq qamalgan shaxslarni reabilitatsiya qilish uchun kurashib keladi.

U shu maqsadda tashkil etgan tashkilotini ro‘yxatdan o‘tkazishni so‘rab joriy yilning o‘zida Adliya Vazirligiga uch marta murojaat qilgani, ammo har gal rad javobini olganini aytdi.

Sinmagan

A’zam Turg‘unov prezident Islom Karimov davrida kasbiy faoliyati uchun qamalgan, vafotidan so‘nggina ozod etilgan taniqli huquqbonlardan biridir.

2017 yil oktabrida Ozodlik "Sinmaganlar" turkumida A’zamjon Turg‘unov haqida maxsus filmni namoyish qilgandi. ​

Қамоқдан чиққан фаол Жаслиқ қийноқлари¸ Мирзиëев маддоҳлари ва мухолифлик ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:43 0:00

2008 yilda tovlamachilikda ayblangan A’zam Turg‘unov oradan salkam o‘n yil o‘tib ozodlikka chiqdi.

- Eshitgansiz-ku, Avgusto Avreliyning bir gapi bor: "Adolatli sud va haqiqat bo‘lmagan joyda davlat qaroqchilar to‘dasiga aylanadi". Menga nisbatan shunaqa munosabatda bo‘lishdi, - deb aytgandi huquqbon Ozodlik 2017 yil oktabrida bo‘lib o‘tgan suhbatda.

Xalqaro tashkilotlar A’zam Turg‘unovni Karimov davrining siyosiy tutquni deya e’tirof etganlar.

A’zam Turg‘unov o‘zining soxta jinoyat ishiga asoslanib nohaq qamalgani, qariyb 10 yil erkinlikdan mahrum bo‘lgani va o‘zini reabilitatsiya qilishni so‘rab, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgan.

XS
SM
MD
LG