Линклар

Шошилинч хабар
15 ноябр 2019, Тошкент вақти: 20:00

Koreyalik tadbirkor Mirziyoyev qarori Popda bajarilmayotganidan nolidi. Hokimlik bu iddaolarni rad etdi (VIDEO)


Pop tumani hokimligi

O‘zbekistonga $200 000 sarmoya kiritmoqchi bo‘lganini bildirgan koreyalik tadbirkor Namanganning Pop tumanida qo‘y va parrandachilik fermasi ochishiga tuman hokimligi to‘sqinlik qilayotganidan shikoyat qildi.

Janubiy Koreyaning Chonchju (Čchungdžu​) shahridan bo‘lgan Xvang Yung Kuangning iddaosicha, tuman hokimligi 0 qiymatda va’da qilgan tashlandiq garaj va uning bir yarim gektarlik maydonini ajratmaganligi bois ishlari sustlashgan.

Pop tuman hokimi muovini koreys tadbirkorlariga garajni, ular aytayotganday, 0 qiymatda sotish va’da qilinmaganini aytdi.

Xvang Yung Kuang O‘zbekistonga ilk bor shu yilning fevralida kelganida Pop tuman hokimligi rasmiylari unga 200 ming dollarlik sarmoya evaziga bir yarim gektar yer maydoniga ega tashlandiq garajni ferma uchun 10 yilga bepul ijaraga berishga va’da bergani, o‘tgan oy boshida O‘zbekistonga yana kelganida va’da qilingan yer berilmaganini aytdi.

- Hamma hujjatlarni tayyorlab hokimlikka borganimizda bizga va’da qilingan yerni boshqa odamga berib yuborishibdi. Men O‘zbekistonga ish o‘rni yarataman deb kelgan edim, endi tushunsam hokimlik bizni aldagan bo‘lib chiqyapti, - dedi koreyalik tadbirkor.

Кореялик тадбиркорнинг видео мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:25 0:00

Janubiy Koreyalik tadbirkor gaplarini uning O‘zbekistondagi hamkori, namanganlik tadbirkor Aziz Xolmatov ham tasdiqlaydi.

- Perzidentimiz Shavkat Mirziyoyevning chet el investorlariga keng yo‘l ochilsin, degan gaplariga ishonib kelishgan, tashlandiq joyda ferma ochib, odamlarni ish bilan ta’minlaymiz deyishgan. Hokimlik 16 yildan buyon bekor yotgan tashlandiq garaj binosini 0 balansida ularga berishni va’da qilgan. Koreys investorlar rozi bo‘lishib hujjatni tayyorlashgan, firmalar ochilgan. Hammasi risoladagiday ketayotgan edi. Yaqinda hokimlikka borishganida ularga bu joyni 0 qiymatda berolmaymiz, yer kerak bo‘lsa auksion orqali sotib olasizlar deyishyapti. Oldiniga 0 qiymatda beramiz deb turib endi va’dasidan tonishyapti, - deydi Xolmatov.

Кореялик тадбиркор мурожаати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:55 0:00
Кореялик тадбиркорлар Поп ҳокимлигидан нега норози?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:05 0:00

Ozodlik koreys tadbirkori va uning o‘zbekistonlik hamkori iddaolari yuzasidan izoh olish uchun Pop tuman hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish bo‘yicha o‘rinbosari Mahmudjon Islomovga bog‘landi.

Hokim muovini koreys tadbirkorlariga 0 qiymatda yer va’da qilinmaganini aytdi:

- Kolxozni MTPlari, ya’ni traktor parklari bo‘lardi. Bular o‘sha joyni so‘rashdi. Ular 0 balansda beringlar deyishyapti. 2018 yil, oktabrdagi 5552-sonli prezident qarori bor. Shu qarorga muvofiq u yer faqat auksion orqali sotilishi kerak. Ularga hech kim 0 qiymatda u yerni va’da qilmagan. Biz vakolatimiz bo‘lmasa qanday va’da qilamiz. Ular biznes qilishmoqchi bo‘lishsa marhamat u yerni auksion orqali sotib olib, qilishlari mumkin.

O‘zbekiston prezidentining Davlat mulki ob’ektlarini tadbirkorlik sub’ektlariga sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 2018 yil 11 oktabr kungi qarorida kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida investitsiya kiritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga auksion o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali sotish mumkinligi aytilgan.

Pop tumani hokimi muovini Mahmudjon Islomov koreyalik tadbirkorning 200 ming sarmoya kiritishi iddaosiga ham biznes rejasiga ham shubha bilan qarayotganini bildirdi:

- So‘raganmiz, hech qanaqa loyiha berishgani yo‘q. Qo‘shma korxona ochishgan bo‘lishsa hali bir so‘m chetdan kelib tushmagan. Bu yerdagi ularning hamkori qo‘y fermasi qilamiz yoki kushxona qilamiz deyapti, lekin biznes plan taqdim qilishgani yo‘q. U koreyaliklarni ham o‘rganib ko‘rdik, ular hech qanaqa korxona tasischisi ham emas, hech qaerda tadbirkor sifatida ko‘rinmayapti ular. O‘zlarini rezyumesini ham ko‘rsatishmagan. Lekin, mayli bu o‘zlariga havola, bizda hech qanaqa muammo yo‘q, yerni (garaj binosi va maydonini - tahr.) kerak bo‘lsa auksionga chiqaramiz, olishsin, ish qilamiz deyishsa qilishsin.

Janubiy Koreyalik tadbirkorning O‘zbekistondagi hamkori, namanganlik tadbirkor Aziz Xolmatov ular qo‘shma korxonasiga chetdan 10 ming dollarlik sarmoya yo‘naltirilib, 100 ta qo‘y sotib olinganini aytdi:

- Hozir yuzta qo‘y olganmiz. Shu yerdagi tanishlarimizning fermalarida saqlab turibmiz, yer ajratishsa shu yerga ko‘chiramiz.

O‘zbekiston hukumati mamlakatdagi biznes muhitini yaxshilash, imkoni boricha ko‘proq xorij sarmoyalarini iqtisodiyotga jalb qilishga jiddiy bel bog‘lagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev sarmoyadorlarni O‘zbekistonga jalb qilish uchun eng qulay sharoitlar yaratilishini va’da qilgan.

O‘tgan yildan O‘zbekiston prezidentining Investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida investorlarga yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga berish yoki sotish mexanizmi joriy etildi.

Bundan tashqari investorlar ko‘chmas mulk ob’ektlari, mehmonxonalar, savdo ob’ektlari, madaniy-ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalarni qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

XS
SM
MD
LG