Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2020, Тошкент вақти: 00:06

Tojikistonda 1 yilda yoshi 15 dan 19 gacha bo‘lgan 1000 ga yaqin qiz abort qildirdi


Bu yil tojikistonlik 14 ming ayol, shu jumladan, yoshi 15 dan 19 gacha bo‘lgan 1000 ga yaqin qiz abort yo‘li bilan homilasini oldirgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan pastroq, lekin Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi buni tashvishli statistika deb hisoblaydi.

Shifokorlarning ogohlantirishicha, o‘smir yoshdagi abort katta yoshlilardagidan ko‘ra og‘ir oqibatlarga olib keladi. Tojikistonda ko‘plab yosh qizlar nikohgacha qizlik iffatini saqlash nikoh tuzishning muhim sharti bo‘lganligi uchun homiladan qutulishga urinadi. To‘yning ertasiga aybsizlik alomatining yo‘qligi yosh oilalarning buzilishiga, ayol va uning oilasi uchun og‘ir oqibatlarni keltirib chiqishga sabab bo‘lishi mumkin.

Aziza – bir yil ilgari yosh yigitidan homila orttirib olgan, voyaga yetmagan qizning shartli ismi bo‘lib, jamoatchilik orasida sharmanda bo‘lishdan cho‘chib, homilasini oldirib tashlagan. 16 yoshli qiz o‘zining homiladorligi haqida yuqori sinf o‘quvchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazashayotgan paytda bilib qolgan. Azizaning ota-onasi allaqachon ajralib bo‘lishgan, u voyaga yetmagan yetimlar internatida o‘qiydi. «Men 9-sinfda o‘qirdim. Menda abortdan boshqa yo‘l yo‘q edi, bizda o‘zimizning boshpana bo‘lmagan. Men 14 haftada abort qildirdim. Axir bizda qiz nikohsiz farzand orttirsa, - bu butun hayot uchun isnod», - deydi Aziza.

Tojikistonda turmushga chiqmagan qizlarning jinsiy munosabatlari ta’qiqlangan, shuning uchun ko‘plab ota-onalar ersiz qizlarining homilasini yashirishga va barchadan yashirin ravishda abort qildirishga urinishadi.

Ekspertlarga ko‘ra, tojik ayollarini homilasini abort qilishga iqtisodiy omillar, erlarining chet elda ishlab yurishi va turmush darajasining pastligi kabi omillar majbur qiladi . Ko‘plab hollarda ayollar o‘zlari xohlab abort qildirishadi. Norasmiy abortlar birmuncha ko‘proq amalga oshiriladi, deya hisoblaydi ekspertlar.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligi reproduktiv salomatlik Milliy markazi direktori Munira G‘anizodaning Ozodlik radiosi muxbiri bilan suhbatda xabar berishicha, mamlakatda voyaga yetmaganlar uchun 20 dan ortiq reproduktiv salomatlik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Fan va ta’lim vazirligidagilarning xabar qilishicha, 3-4 sinflarda bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatishadi, yuqori sinf o‘quvchilari uchun esa majburiy fanlar (biologiya va anatomiya) dan tashqari, “Oila madaniyati” darsi doirasida reproduktiv salomatlik mavzusida o‘qitiladi. Biroq ekspertlarga ko‘ra, maktablarda bolalarga jinsiy munosabatlar va aborot orqali istalmagan homiladan qutulish to‘g‘risida gapirmaslikni afzal ko‘rishadi.

Jahon sog‘liqni tashkiloti statistikasiga ko‘ra, har yili dunyoda 50 mlndan ziyod abort amalga oshiriladi. Tojikiston 9 mlndan ortiq aholisining yarmidan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etadi, ulardan 2 mlni reproduktiv yoshdagi ayollardir.

XS
SM
MD
LG