Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:40

Azattiq radiosi o‘tkazgan jurnalistik surishtiruv qahramonlaridan biri Turkiyada o‘ldirib ketildi


Ayerken Saymaiti
Ayerken Saymaiti

Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati - Azattik radiosining «Qirg‘izistondan olib chiqib ketilgan millionlarning izi» deb nomlangan jurnalistik surishtiruvida nomi tilga olingan tadbirkor Ayerken Saymaiti Turkiyada o‘ldirib ketildi.

Azattik radiosining Turkiya nashrlariga tayangan holda xabar berishicha, qotillik 10 noyabr kuni kechga yaqin Istanbul shahrining Fotih mavzesidagi mehmonxonalardan birida sodir etilgan.

Xabarlarda aytilishicha, Ayerken Saymaitini noma’lum odam otib ketgan. Tadbirkor kasalxonada xushiga kelmasdan jon bergan.

Azattik radiosi 2019 yilning may oyida «Qirg‘izistondan olib chiqib ketilgan millionlarning izi» deb nomlangan jurnalistik surishtiruvni e’lon qilgan edi.

Surishtiruvda Xitoy fuqarosi bo‘lgan Ayerken Saymaiti ismli tadbirkor vositasida Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan 700 million dollar olib chiqib ketilgani haqida gap bo‘lgan.

Istanbul shahar prokuraturasi Ayerken Saymaitining o‘ldirilishi yuzasidan jinoyat ishi ochdi. Ayni paytda tergov -surishtiruv ishlari davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG