Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:02

"Samarqandlik sudya avgust apreldan keyin kelishini bilmasligini isbotladi"


"Sudyani savodsiz deb atash sudga nisbatan hurmatsizlik yoki haqorat va bu holat ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishiga to‘la asos bo‘la oladi. Lekin, sudya savodsizligini rasmiy hujjatlar orqali asoslab berilsachi? Oddiy bir murojaat orqali odamlar taqdirini hal etayotgan sudyalarning o‘z ishiga qanchalik mas’uliyat bilan yondashayotganliklari va ularning bilim darajasini aniqlashga harakat qildik", deb boshlangan samarqandlik bloger Mirzo Subxanovdan Ozodlikka 12 noyabr kuni Ozodlikka kelgan maktub-maqola.

Blogerning maqolasini OzodMaktub ruknida e’tiboringizga havola qilayapmiz. Maqolaga ilova qilingan hujjatlar nusxalari ham bloger tomonidan taqdim etildi.

Ozodlik blogerning maqolasida keltirilgan faktlarni, OzodMaktub rukni formatidan kelib chiqib, qo‘shimcha o‘rganmadi.

E’tiboringizga havola qilinayotgan quyidagi matn tahrirsiz, muallifning sarlavhasi, imlosi va stilistikasini saqlagan holda berilmoqda.

***

Sudlar savodsizligiga kim mas’ul?

Samarqand shahar ma’muriy sudi raisi O.Pardayevning 2019 yil 05 avgustda chiqargan hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib yuqori turuvchi instansiya Samarqand viloyat ma’muriy sudiga shikoyat ariza bilan murojaat etilgan edi. Asos sifatida sudya O.Pardayev chiqargan qarorda davlatga yetqazilgan moddiy zarar holatiga e’tibor qaratilmaganligi ko‘rsatilgan.

Ariza yuzasidan 1 noyabr kuni berilgan rasmiy javob xatiga esa na kulish va na yig‘lashning iloji bor. Samarqand viloyat ma’muriy sudi raisi B.Diyorovning yozma bildirishicha «Birinchi bosqich sudining (Samarqand shahar ma’muriy sudining 2019 yil 05 AVGUSTdagi) qarori viloyat sudi kassatsiya instantsiyasining 2019 yil 01 APRELdagi qaroriga asosan o‘zgarishsiz qoldirilgan» ekan. 2019 yil avgustdagi qaror kassatsiya tartibida 2019 yil aprelda qayta ko‘rib chiqilishining imkoni bormi?

Samarqand viloyat ma’muriy sudi xati
Samarqand viloyat ma’muriy sudi xati

Balki bu holat texnik xato bo‘lishi mumkinligini taxmin qildik, lekin bu holatni boshqa bir sudning mas’ul xodimi ham rasmiy hujjat orqali tasdiqladi. Xususan, Samarqand viloyat ma’muriy sudi mas’ul xodimi Z.Xoliqulovning «shaxsiy» dalolatnomasida ham shu holat ya’ni: «Birinchi bosqich sudining (Samarqand shahar ma’muriy sudining 2019 yil 05 AVGUSTdagi) qarori viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2019 yil 01 APRELdagi qaroriga asosan o‘zgarishsiz qoldirilgan»ligi bildirilgan:

Samarqand viloyat ma’muriy sudi mas’ul xodimi dalolatnomasi
Samarqand viloyat ma’muriy sudi mas’ul xodimi dalolatnomasi

Ma’muriy sud mas’ul xodimi sud raisidan ham ilgarilab ketib davlat organlaridagi ish yuritish amaliyotida mavjud bo‘lmagan bir kishilik «Dalolatnoma» tuzgan.

Dalolatnoma bir kishilik bo‘lishi mumkinmi?

2015 yilda qayta chop etilgan «Ish yuritish» kitobining 192-sahifasida quyidagilarni o‘qish mumkin: «Dalolatnoma - … bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida BIR NEChA KIShI tomonidan tuzilgan hujjat». Bu degani Dalolatnoma bir kishi tomonidan rasmiylashtirilmaydi, bir kishi tomonidan Ma’lumotnoma yoki Xabarnoma rasmiylashtirilishi mumkin:

"Ish yuritish" kitobidan ko‘chirma
"Ish yuritish" kitobidan ko‘chirma

Avgust va aprel oylarining ketma-ketligini yoki Dalolatnoma bilan Xabarnomaning farqiga bormaydigan sudyalar odamlarning taqdirini qanday hal qilib kelayotgan ekanlar? Sudlar savodsizligiga kim mas’ul?

Mirzo Subxanov

XS
SM
MD
LG