Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:10

OzodDayjest: Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari YOII borasidagi fikridan qaytdi


Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov.
Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov.

“Milliy tiklanish” raisi O‘zbekistonning YOIIga kirishiga oid fikrini o‘zgartirdi. Senat Qashqadaryoda 5 erkak tomonidan zo‘rlangan ayolga oid ishni o‘z nazoratiga oldi. Yana bir “psevdobyudjet” tashkilot tuzilayotgani tanqidiy baholandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Spiker o‘rinbosari YOII borasidagi pozitsiyasini o‘zgartirdi


Oliy Majlis spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov O‘zbekistonning YOIIga kirishi bo‘yicha pozitsiyasini o‘zgartirdi (www.kun.uz, 11 noyabr). 10 oktabr kuni mazkur onlayn nashrga intervyu bergan partiya rahbari nomi iqtisodiy bo‘lgan, ammo ortidan yashirin siyosiy maqsadlar ko‘zlangan YOIIga O‘zbekistonning kirishiga mutlaqo qarshi ekanini bildirgan edi. “O‘zbekistonning ittifoqqa kirishiga undalishi, uni a’zolikka tortishga nisbatan bo‘layotgan harakatlarda birinchi navbatda o‘sha a’zolarning manfaatlari turibdi. Buni keskinroq tarzda ikkinchi SSSR desa ham bo‘ladi”, degan edi u.

10 noyabrda tashkil qilingan siyosiy partiyalar vakillari ishtirokidagi bahsda esa A.Qodirov YOII bilan hamkorlikni ijobiy baholadi. “Bunda tashqi siyosat konsepsiyamizga zid bo‘lgan birorta xatti-harakat amalga oshirilmagan. “Milliy tiklanish” partiyasi esa O‘zbekistonni iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga xizmat qiladigan har qanday harakatni qo‘llab-quvvatlaydi”, deya bir oy avvalgi tanqidiy fikridan qaytganini bildirdi.

Senat IIV nashri tomonidan nomusi toptalgan ayol ayblanganini qoraladi


Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 26 yoshli ayolning besh erkak tomonidan zo‘rlangani yuzasidan munosabat bildirdi (www.gazeta.uz, 14 noyabr). Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishi Senat nazoratida.

Parlamentning yuqori palatasi ko‘ngilsiz voqeaga uchragan ayolning tunda ko‘chada yurgani mazkur mudhish jinoyat sodir etilishiga asosiy sabablardan biri sifatida ko‘rsatilayotganini qoralagan.

“Unutmasligimiz lozim, mamlakatimiz Konstitutsiyasi va qonunlarida har bir fuqaro xoh tun, xoh kunduz bo‘lsin, ko‘chada yurishi taqiqlanmagan, shuningdek hech kim birovning axloqsizligini ro‘kach qilib, uni o‘zboshimcha jazolashga haqqi yo‘q”, deyiladi bayonotda.

Gap shundaki, IIV birlashgan tahririyatlari sayti nomusga tegish jinoyati haqida xabar berar ekan, hodisada jabrdiydani ham ayblagan. “Hayratlanarlisi esa, e’tibor bergan bo‘lsangiz, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi: yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi ekan”, deb iddao qiladi IIV elektron nashri.

Eslatib o‘tamiz, oktabr kunlaridan birida kechasi taxminan 1:30 atrofida besh erkak (barchasi 30 yoshdan katta) ayol kishini majburan mashinaga o‘tqazib, kimsasiz yerga olib borgan va uni zo‘rlagan. Barcha gumondorlar qo‘lga olingan, hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Soliq to‘lovchilar mablag‘iga yana bir “psevdobyudjet” tashkilot tuzilmoqda


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining barcha tumanlarida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etish taklif qilinmoqda (www.fayzbog.uz, 12 noyabr).

“G‘alati-g‘alati psevdobyudjet tashkilotlar bor. Shulardan biri “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi hisoblanadi. Borligini va ajratilgan mablag‘larni bejiz ishlatmayotganini dalillash uchun har-har zamonda ajabtovur takliflar chiqib turadi bu markazdan”, deb yozadi nashr.

Qayd etilishicha, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini tashkil etib, ularda nikohlanuvchi shaxslarni o‘qitish taklif aynan “Oila” markazidan chiqqan.

“Shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsiy tanlov va huquq masalalarini, mayli qo‘yib turaylik. Yangi markazlar qaysi pulga tashkil etiladi dersiz. Albatta siz va bizning to‘lagan soliqlarimiz evaziga”, deb yozadi nashr.

Muallif soliq to‘lovchilarni ayni paytda regulation.gov.uz saytida muhokama etilayotgan, markaz tashkil etilishiga doir qaror loyihasiga munosabat bildirishga undagan.

XS
SM
MD
LG