Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

Pelosi Tramp «poraga sotib olish»ga iqror bo‘lganini iddao qilmoqda


AQSh Kongressining Namoyandalar palatasi spikeri Nensi Pelosi
AQSh Kongressining Namoyandalar palatasi spikeri Nensi Pelosi

AQSh Kongressining Namoyandalar palatasi spikeri Nensi Pelosi iddao qilishicha, prezident Donald Tramp Ukraina bilan bog‘liq janjalda “pora berib sotib olish”ga uringaniga iqror bo‘lgan. U ko‘pchilik hozirgacha ishlatib kelayotgan jinoyatga oid lotincha "quid pro quo"dan (“xizmatga – xizmat”) ham aniqroq iborani qo‘llab, ayblovlarga boshqacha ta’rif bergan.

− Bu – pora bilan sotib olish, − dedi Namoyandalar palatasidagi eng yuqori lavozimli demokrat 14 noyabrdagi matbuot konferensiyasida Trampning 25 iyuldagi telefon qo‘ng‘irog‘i chog‘ida Ukraina prezidentiga bir xizmat borligini aytganini nazarda tutib.

‒ Prezident iqror bo‘lib, bu “juda zo‘r” deb aytdi, men buni butunlay noto‘g‘ri deb hisoblayman. Bu – pora bilan sotib olish, ‒ dedi Pelosi Tramp “juda zo‘r” deb atagan telefon qo‘ng‘irog‘ini eslatib. Tramp o‘sha qo‘ng‘roqlashish vaqtida birorta qonunbuzarlik bo‘lganini tan olmagan edi.

‒ Pora saylov bilan bog‘liq qonunbuzarlikni tergov qilish haqida oshkora bayonot berish evaziga harbiy yordam berish yoki bermaslikdan iborat. Bu – pora bilan sotib olishdan boshqa narsa emas, ‒ dedi Pelosi.

− Prezident Donald Trampning o‘z sayloviga yordam olish uchun rasman chet mamlakatdan foydalanish va shu maqsadda ma’lumot olish uchun bekitiqcha qilgan ishi impichment e’lon qilinishidan oldin iste’foga chiqqan sobiq prezident Richard Niksoning qilmishini arzimas narsaga aylantirib qo‘yadi, − dedi spiker.

Konstitutsiyada “xiyonat, poraxo‘rlik va yoki boshqa og‘ir jinoyatlar va qonunbuzarliklar” impichmentga sabab bo‘ladigan jinoyatlar deb belgilangan. Ko‘pgina tanqidchilar "quid pro quo" iborasini qo‘llab kelayotgan edi, endi amerikaliklarga yanada tushunarli bo‘lgan “poraxo‘rlik” va “tamagirlik” atamalaridan foydalanmoqda.

Tanqidchilar Tramp o‘zining siyosiy raqiblari ishini tergov qilishga Zelenskiyni majburlamoqchi bo‘lib, o‘ta zarur harbiy yordamni to‘xtatib qo‘yganlikda va Ukraina yetakchisining Oq Uyga tashrifini paysalga solib, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilayotganlikda ayblamoqda.

Ushbu fikrlar Demokratlar boshlagan impichmentga oid tinglovning ikkinchi kuni arafasida yangradi, unda Trampning Kiev bilan munosabatlari muhokama qilinmoqda.

Vashington bilan Kiev munosabatlaridagi muhim shaxs hisoblangan AQShning sobiq elchisi Mari Yovanovichning 15 noyabrda mahalliy vaqt bilan 9:00 da ko‘rsatma berishi rejalashtirilgan.

Yovanovich elchi sifatida may oyida qo‘qqisdan chaqarib olingan edi. U ma’muriyatning ushbu qarorini Vakillar palatasining surishtiruv bilan shug‘ullanadigan 3 ta qo‘mitasiga siyosiy sabablarga ko‘ra va soxta ayblovlar bilan qabul qilinganini gapirib bergan edi.

Demokratlar rahbarligidagi ayni surishtiruv impichment bilan bog‘liq sud mahkamasigacha va Senatdagi surishtiruvgacha borib etishi mumkin. Unda prezident chet mamlakat hukumatini o‘z raqiblari ishini tergov qilishga undash bilan shaxsiy yoki siyosiy foyda olish uchun xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilgan-qilmagani yoki ushbu xatti-harakatlar impichmentga tortadigan jinoyat ekani yoki yo‘qligi aniqlanadi.

Xususan, Tramp Kievga berishga mo‘ljallangan 390 million AQSh dollarilik harbiy yordamni ushlab turish bilan Zelenskiydan 2016 yildagi saylov demokratlarga hamda uning 2020 yilgi prezident saylovidagi raqibi Jo Bayden va o‘g‘li Hanterga nisbatan tergov o‘tkazishni so‘ragan-so‘ramaganiga oydinlik kiritilishi kerak.

Tanqidchilar prezident (Viktor Yanukovich) Ukrainadan Moskvaning marhamati bilan chiqib ketgani, Rossiya 2014 yilda Ukrainaning Qrim viloyatini bosib olgani, Ukraina sharqidagi hukumat qo‘shinlari bilan urushda bo‘lginchilarni qo‘llab-quvvatlagani va bu urush 13 ming kishining yostig‘ini quritganini aytmoqda.

Oq Uy bilan prezident tarafdorlari u impichmentga sabab bo‘ladigan hech qanday jinoyat qilmaganini, lekin ba’zilar Trampning Zelenskiyga bildirgan fikrlari chakki bo‘lganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG