Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:19

OzodTarmoq: "Shuhrat G‘aniyev uyi buzilgan rishtonliklar oldidagi qarzidan deyarli qutuldi"


OzodTarmoqda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan, Ozodlik tinglovchisi (o‘quvchisi, tomoshabini) qiziqishini uyg‘otishi mumkin matn, audio va videolarni berib boriladi.

OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Bahodirxon Eliboyev 15 noyabrda o‘z Facebook sahifasida e’lon qilgan​ post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Ilk bor G‘aniyev majlisida...

Kecha ajoyib ish bo‘ldi. "G‘aniyev kelibdi, G‘aniyev kelibdi" degan gaplarni eshitib qolib Rishton hokimiyatiga bordim. Tinchlikmikin, yana nima bo‘ldiykin deb.

Majlisga kirib orqaroqdan joy oldim. Hayriyat yaxshi xabarlar ham bor ekan. Hokim G‘aniyev Rishton aholisi bilan kulishib gaplashib o‘tiribdilar. Ilk bor bunday majlisda ishtirok etishim. Bo‘larkanku! Hokimni ja vajohatli deyishgandi, o‘zimizdaqa odam ekan. Yeb qo‘ymadi. :) Ayollar gapirishgan edi, "hozir hal qilamiz. Mening nomimni sotib bu yerda kimlardir boshqacha ishlar qilgan bo‘lsa, hali javob beradi", dedi hokim.

Esingizda bo‘lsa, snos ishlari bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari batamom to‘lanmagani haqida xabar berilgan edi. Shunda ayrim mahallalar bilan video-murojaat tayyorlashga kelishib qo‘yilgan ham edi. MA-News Agency orqali murojaat chiqishi kecha soat 15:30 ga belgilangan edi.

Rishton Matbuot kotibi kaminaga ozgina qarindoshligi, ham do‘stligini hisobga olib bir og‘iz "erta-indin video murojaat chiqadi", deb ogohlantirgan edim. Shu gap sabab bo‘ldimi yoki viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning o‘z tashabbusi bilanmi, har holda qolgan pullar beriladigan bo‘lgani munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazilayotgan ekan. Yig‘ilish soat 15:00 ga belgilangan ekan.

30 dan oshiq aholiga kompensatsiya pullari to‘liq to‘lanish boshlanib ketdi. Istagan odamga esa pul o‘rniga yer berilishi boshlandi ham. Istasangiz kompensatsiyadan chala qolgan to‘lovni olasiz, istasangiz o‘sha pul o‘rniga yer olasiz. Masala hal!

Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev "soat kechki 8 da menga bu ishlar yakuni haqida hisobot berasan" deb topshiriqni berib, chiqib ketdi.

Bu, men uchun, yaxshi xabar. Har holda snos bo‘yicha kompensatsiya pullarini berish yakuniga etdi hisobi. Endi u yoq-bu yoqda kimdir qolib ketgan bo‘lishi mumkin. Xudo xohlasa, ularning muammolari ham bartaraf qilinadi.

Video-murojaat amalga oshmay qoldi. Hay mayli.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG