Линклар

Шошилинч хабар
22 феврал 2020, Тошкент вақти: 00:17

Eronlik ekologiya faollari qalloblikda ayblanib, turli muddatlarga qamaldi


Eronning ekologiya faollari (yuqorida chapdan soat mili bo‘ylab) Nilufar Bayoniy, Human Jo‘kor, Amirhusayn Xoliqiy, Tohir Qodiryon, Muroda Tahboz va Sepida Koshoniy 6-10 yilga kesildi.

Eron sudi mahalliy ekologlar guruhining 6 a’zosini xalqaro hamjamiyat tanqid qilgan "josuslik ishi" bo‘yicha 6 yildan 10 yilgacha kesdi. Bu haqda ularning qarindoshlari xabar berdi. Ular ishi bo‘yicha hukm yonilg‘i bahosining keskin ko‘tarilishi ortidan yuz bergan norozilik namoyishlari shafqatsizlarcha bostirilgan bir paytda o‘qildi.

Ular “dushman AQSh davlati bilan muloqot qilgani” uchun 22 oyga yaqin tergov izolyatorida ushlab turilgan, deyiladi Nyu-York shahrida joylashgan Erondagi inson huquqi masalalari bo‘yicha markaz (CHRI) 21 noyabrda tarqatgan bayonotda.

CHRI ijrochi direktori Hodi G‘oimiy bu o‘rinda ekologlarni emas, ularni noqonuniy hibsga olganlar, uzoq muddat bir kishilik kameralarida ushlab turilgan payt ularga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lganlar, odil sudlov o‘tkazmaganlar va hk. g‘ayriqonuniy xatti-harakat sodir etganlarni jinoyatchilar deb hisoblashini aytdi.

Sud hokimiyati matbuot kotibi G‘ulomhusayn Ismoiliy Tehron inqilobiy sudi chiqargan qaror ustidan apellyatsiya shikoyati berilishi mumkinligini aytgan.

Sudlanganlarning barchasi “Fors yovvoyi hayot merosi” jamg‘armasi a’zolaridir. Tashkilot yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan jonivorlarni himoya qilish va atrof-muhit borasida jamoatchilik xabardorligini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Qarindoshlari Murod Tahboz bilan, Nilufar Bayoniy 10 yilga, Tohir Qodiryon bilan Human Jo‘kar 8 yilga, Amirhusayn Xoliqiy bilan Sepida Koshoniy 6 yilga kesilganini bildirdi.

Tahboz Eron, AQSh va Britaniya vatandoshidir. 2018 yil yanvaridan beri hibsda ushlab turilgan yana ikki nafar ekologga hali sud hukmi o‘qilmadi.

Hokimiyat idoralari guruhni atrof-muhit va ilmiy loyihalar bilan shug‘ullanish bahonasida Eronning strategik hududlariga oid maxfiy ma’lumotlarni yiqqanlikda ayblamoqda. Ammo olimlar ayblovlarni rad etdi. Xalqaro inson huquqi himoyachilari ularni ozod etishni talab qilmoqda.

Human Rights Watch tashktiloti ayblovlarni “kulgili” deb atadi, Amnesty International esa ekologlar ayblovlarni bo‘yniga olish uchun qiynoqqa solinganini aytmoqda.

“Fors yovvoyi hayot merosi” jamg‘armasi boshqaruvchi direktori, 63 yashar Kavus Imomiy ham hibsga olingan, ammo qamoqda vafot etgan edi. Sud hokimiyati Eron va Kanadaning sotsiologiya professori o‘z joniga qasd qilganini aytdi, ammo qarindoshlari va tanishlari ushbu iddaoni rad etmoqda.

Ekologlarning kesilgani haqidagi xabar Eron inqilob sipohilari korpusi (EISK) mamlakat qurolli kuchlarini o‘z vaqtida harakat qilib, yonilg‘i baholari keskin oshgani ortidan yuz bergan namoyishlarni bostirgani uchun maqtagan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Eron namoyishlarni shafqatsizlik bilan bostirgani uchun xalqaro hamjamiyatninng tanqidiga uchramoqda. Amnesty International namoyishlar chog‘ida kamida 106 kishi o‘ldirilganini aytdi.

Eron hukumati vakillari garchi odamlar o‘lganini tan olsa-da, Amnesty International keltirgan raqamni “shubhali va ishonchsiz” deb atadi. Boz ustiga, rasmiy Tehron namoyishlar dushmanlari: Saudiya Arabistoni, Isroil va AQShning fitnasi ekanini iddao qilmoqda.

Hokimiyat 16 noyabrda Internetni deyarli to‘liq uzib qo‘ydi.

Yevropa Ittifoqi 21 noyabrda Eron hukumati aloqani tiklashi, namoyishlar vaqtida maksimal darajada tiyilib turishi, erkin so‘z va yig‘ilishlar o‘tkazish erkinligini “kafolatlashi” kerakligini aytdi.

XS
SM
MD
LG