Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:04

OzodTarmoq: Saylovga kirayotgan partiyalar Farg‘onada debatsiz debat o‘tkazdi


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Bahodirxon Eliboyev 21 noyabrda Feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

Yuqoridagi sarlavha Ozodlikniki - blogerning matnidan partiyalar o‘rtasida debat bo‘lgani, o‘zaro bahsga kirishgani tushunilmaydi, balki ttadbirda partiyalar vakil(lar)i shunchaki bayonot bilan chiqish qilib, savollarga javob bergani tushuniladi.

Buyog‘i Bahodirxon Eliboyevning matni:

***

Farg‘onada navbatdagi Debat bo‘lib o‘tdi.

5 Partiyaning Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadigan Demokratik Debatiga taklif qilingan edim. Bordim.

Avvalo aytishim kerakki, bu safar reglamentga e’tibor qaratildi. Joy ham ancha keng. Jurnalist va bloggerlarga alohida joy ajratilibdi. Albatta, bundan boshqa jurnalist hamkasblar qatorida kamina ham o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Har bir Partiya vakiliga kerakli vaqt ajratilib, ular o‘z chiqishnilarini o‘tkazib olishgach, savol-javob navbati yetdi.

Bu safar 5 ta partiyaga birma-bir savol berishga imkon yaratgan olib boruvchiga alohida minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Baraka topishsin ilohim.

Gap shundaki, O‘zLiDeP partiyasidan tuman kengashiga o‘z nomzodini qo‘ygan Mansurjon Saidjafarov Mo‘minjonovich Dorulomon MFY hududidan nomzodi ko‘rsatilgan ekan. Mansurjon (Rishtonda ko‘pchilik Akmaljon deydi) qariyb 5 yildan beri O‘zLiDeP partiyasi safida a’zolar bilan yelkama-yelka turib tashviqot ishlarini olib borgani hisobga olinmay, 2 hafta oldin partiya safiga a’zo bo‘lgan Abdurashid ismli kishining nomzodi tuman kengashiga qo‘yiladimi? Abdurashid o‘z yonidan mahallaga hayriya sifatida asfalt yo‘l o‘tkazib berganini bilib, keyinchalik uni a’zo qilishda g‘irromlik (Korrupsiya alomati) ko‘rinmayaptimi? (Ya’ni kimningdir savobli ishini partiya ishi deb ko‘rsatish) Bu birgina Rishtonda guvohi bo‘lib turganimiz. Boshqa tumanlarda bunday holat kuzatilmayaptimikin?

Shu savolni LiDeP vakiliga bergandim, bu haqda xabarlari yo‘qligini, albatta, o‘rganishlarini aytishdi. Insonning samimiyligi yuzidan ma’lum bo‘ladi. Ishondim. Rahmat.

Keyingi navbat Adolat Partiyasiga edi. Adolat partiyasiga umuman boshqa savol berishni rejalashtirib borgandim. Lekin u yerdagi mavzu yana oldingidek "Oliy ta’lim kvotasi" haqida bo‘ldi. (ochig‘i, xafa bo‘lishmasinu, "Adolat" deganda ta’lim kvotasini tushunadigan bo‘lib qolmasak bo‘lgani) Sud-huquq tartiboti haqidagi savolimni berolmay, kvota haqida so‘radim. Umid qilamanki, Adolat partiyasi safidagi blogger do‘stimiz bu masalada oldingi postimga izoh beradilar.

Milliy Tiklanish Partiyasi bilan bugungi musohaba mavzusi turizm bo‘lgani bois, ancha yillardan beri turli kishilarga Farg‘ona kanalini turizm kanaliga aylantirish fikri haqida savol berdim. Umidjon aka bu loyiha allaqachon dasturga takliflar bilan kiritilganini, nasib qilsa kelgusi hayotimizda Katta Farg‘ona kanali - turistik kanalga aylantirilajagini bildirishdi.

XDPga navbat yetganda, jurnalist hamkasbimiz Mavjuda Mirzayeva qilgan ishni qilib, o‘zim bilan Olimjon Polvonovni yetaklab bordim. "Sizlar nogironligi bor shaxslarni, yetimlarni, kam ta’minlanganlarni haq-huquqi uchun kurashasizlar. Mana sizlarga tirik misol: 81 yilda tug‘ilgan, uylanmagan, yetim, nogiron, qaramog‘ida 2 nafar nogiron opa-singlisi bor bo‘lgan, lekin uyi snosga tushib 9 ta uyi uchun 40 mln so‘m miqdorda kompensatsiya puli olgan yigit. Rishtonda shiferi uchun 70 mln so‘m olgan odamlar bor. Lekin bu yigit shu ahvolida bir nechta uylari buzilib 40 mln berilyapti. Bunday haqsiz baholashni kim surishtiradi? Sizlar ushbu masala bilan shug‘ullana olasizlarmi?"

Darrov XDP vakillari bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishlarini bildirishdi. Debatdan keyin yonimizga kelgan Partiya vakillaridan Masturaxon singlimiz va Ziyodaxon opalar Olimjonning hujjatlari bilan o‘rganib chiqishni boshladilar.

So‘ngi savolim Ekopartiyaga bo‘ldi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda Ekopartiyaning rolini kuchaytirish haqida edi. "Toza hudud va Obodonlashtirish kabi tashkilotlar bor. Lekin Farg‘ona shahrida ushbu ishlar bilan shug‘ullanadigan alohida firmalar tashkillangan. Endi aholi davlat korxonalariga emas shu firmalarga to‘lov qilishi kerak bo‘lyapti. Bu yerda davat o‘z ishini bevosita bajarmay o‘rtada qaysidir firmalarni ishga solyapti. Oqibatda aholi ko‘proq to‘lov qilishiga to‘g‘ri kelyapti. To‘lov qilmagan mahallalarga kirmay qo‘ya qoladi. Sadkak tomon haqida sal oldin bu yerdagi do‘stlarimiz gapirishdi. Ho‘sh bunday muammo oldida Ekopartiya nima qila oladi?"

Bundan keyin ushbu masala bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar ko‘rilishi javobi berildi.

Menimcha bori shu. Ya’ni bu safargi Partiyalar o‘rtasidagi Demokratik Debat shu. Keyingi haftada taklif qilinamizmi yo‘qmi, yo Razzoq!

Erinmay o‘qiganingiz uchun rahmat!

XS
SM
MD
LG