Линклар

Шошилинч хабар
24 феврал 2020, Тошкент вақти: 17:05

AQShning saylov bilan bog‘liq mojarosiga endi Ukraina tortiladimi?


Donald Tramp.

AQSh prezidenti Donald Tramp televideniega bergan katta interyusida 2016 yildagi AQSh prezidenti saylovi kampaniyasi vaqtida uyushtirilgan kiberhujumlarga Ukrainaning aralashgani ehtimoli haqida gapirdi.

Milliy xavfsizlik va boshqa masalalar bo‘yicha ekspertlar buni Rossiyaning kichik qo‘shnisini obro‘sizlantirish rejasi bir qismi deb atagan edi.

Kiberxavfsizlik va razvedka bo‘yicha mutasaddilar saylovga Rossiya emas, Ukraina hujum qilganini aytib, bu masalada Kievni ayblamoqda.

‒ Men hali ham o‘sha serverni ko‘rmoqchiman, ‒ dedi Tramp Fox News telekanaliga 22 noyabrda bergan bir soatlik intervyusida. ‒ FTB hech qachon bu serverni tekshirib ko‘rmagan. Bu – barcha ishlarning katta qismi. Nega ular buni Ukraina kompaniyasiga berib qo‘ygan? Nega?

Tramp Vakillar palatasida o‘ziga impichment e’lon qilinishiga oid ochiq eshituvlarning beshinchi kunidan so‘nggilarini “uydirma” deb atadi va o‘ziga impichment e’lon qilinishini kutmayotganini aytdi.

Oq Uyning Milliy xavfsizlik kengashidagi Rossiya bo‘yicha sobiq maslahatchisi Fiona Hill 21 noyabrda qonun chiqaruvchilar oldida bergan ko‘rsatmasida Ukrainaning saylovga aralashgani xususidagi asossiz fitna nazariyasini “Rossiya xavfsizlik xizmatlari to‘qib chiqargan va tarqatgan uydirma” deb atadi.

AQSh razvedka xizmatlari Moskva 2016 yildagi saylovga Tramp foydasiga ta’sir ko‘rsatishga uringan edi, degan xulosaga kelgan edi.

The New York Times gazetasi AQShning ismi oshkor etilishi istamagan amaldorlariga tayanib, xabar qilishicha, Rossiya o‘zi ayblanayotgan saylovga aralashish mojarosida Ukrainani aybdor qilib ko‘rsatish uchun bir yillik kampaniya o‘tkazgan.

XS
SM
MD
LG