Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:34

OzodTarmoq: "Havo sovuq. Etagi oyog‘imning betiga yetadigan paxtali to‘n tiktiraman"


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

«O‘zgidromet» matbuot xizmatining xabar qilishicha, joriy hafta sovuq bo‘ladi — kunduzi havo harorati +3 darajagacha iliydi, tungi harorat esa ba’zi hududlarda -12 darajaga tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik kutilayotgani yo‘q.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Rahimjon Rahmat Feysbukdagi sahifasida e’lon qilgan post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

Shamol hammayoqni muzlatib, havoni sovitib yuboradi.
Kechasiminan bir necha marta sovqotib uyg‘ondim.
Pechkamda olov yonayotgan esa-da, sovuq qattiq edi, uyimni muzlatib yubordi, katta ko‘rpaning tagida oyog‘imni, boshimni bukib g‘ujanak bo‘lib yotdim.

Uyg‘onganda pechkani quchoqlab isinay devdim, uning o‘zi sovqotyapti ekan. Nimani quchoqlab isinay deb xonamni alangladim, elektropechni topdim, shuni tokka uladim. Tefalga choy qo‘ydim. Qaynadi. Katta piyolada to‘ldirib zanjabil choy ichdim, ichimga issiq kirdi, dildirashlarim ketdi.

Shunday. Biz tomonda sovuq shamol esyapti.
Ikki kun shilta-shilta yomg‘ir yog‘di, qor yog‘madi. Kecha kechqurundan sovuq shamol esyapti.

Shu yil yozda atay o‘zimga moslab uzun va katta ko‘rpa qovitgandim, hozirgi sovuqda shu ko‘rpa jonimga oro kiryapti. Bo‘yim uchun, uncha-muncha ko‘rpadan oyog‘im chiqib qoladi, shu sabab o‘zimga moslab tiktirganlim ko‘rpani.

Endi paxtali to‘n tiktiraman! Keng-mo‘l, paxtasi qalin to‘n. Etagi oyog‘imning betiga yetsin. Rosa issiq bo‘ladi. Sovuq shamollar pisandmas.
Tovba. Havo sovuq. Gaz past yoki yo‘q. Kamiga kiyimlarimiz ham g‘arib.

Kitayning shaldir-shuldir kurtkasi tanangni isitmaydi.
Chiroyli ko‘rinay deb nobop kitay kiyimlar kiyasan, lekin kun bo‘yi beling, ikkala butingni orasi sovqotib yuradi. Shu yaxshimi endi? Nega o‘zimizning iqlimimizga mos paxtali kiyimlar kiyishni unutdik? O‘zbek bo‘lib ko‘rinishdan uyalyapmizmi?

Nega oddiy ipli sholcha ishlab chiqarilmayapti? Nega junli adeallarimiz yo‘q? Qoqsang, oxaksimon kukun to‘kiladigan, mijozi sovuq kitaypaloslarga qoldi kunimiz! Nega oddiy zaruriy buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yolmayapmiz?

Asosiy ayb - o‘zimizda, ongimizda! Tashqi chiroyga uchamiz! Sifatli milliy kiyimlar qoloqlik belgisi bo‘lib qolgan. Arzonga o‘chmiz.

XS
SM
MD
LG