Линклар

Шошилинч хабар
26 феврал 2020, Тошкент вақти: 00:39

Xususiy bandlik agentligi 200 dan ortiq kishini 633 million so‘mga aldadi


Joriy yilning 17 sentabr kuni HUMAN xususiy bandlik agentligidan pulini ololmagan 70 yaqin odam Vazirlar Mahkamasi binosi oldiga norozilik bildirib kelgan edi.

Navoiy shahridagi Navoiy xususiy bandlik agentligi 211 nafar odamni 633 million so‘mga aldadi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 25 noyabr kuni xabar berdi.

Navoiy xususiy bandlik agentligi 211 nafar fuqaroni Janubiy Koreyada malaka talab qilinmaydigan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga yuborish, ularga 2 ming AQSh dollari miqdorida oylik ish haqi berilishiga ishontirib, ularning har biridan 3 million so‘mdan pul olgan.

Agentlik belgilangan muddatda fuqarolarni ishga yuborish borasidagi o‘z majburiyatini bajarmagan va yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirib yuborgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shundan kelib chiqqan holda Navoiy xususiy bandlik agentligi lizentsiyasini bekor qilgan.

Avvalroq O‘zbekistonda ish qidirayotgan shaxslarga chet eldan ish topib berish maqsadida litsenziyaga ega bo‘lgan 65 ta xususiy bandlik agentliklaridan 30tasi birorta ham fuqaroni xorijiy davlatlarga ishga yubormagani ma’lum qilingan edi.

Bundan tashqari Toshkent shahrida joylashgan Korean&Migrations xususiy bandlik agentligining uch rahbari hibsga olingani aytilgan.

Ozodlikka murojaat qilganlarning da’vosiga ko‘ra, Korean&Migrations ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborish va’dasi bilan har bir kishidan 32 million 400 ming so‘m miqdorida haq olgan, ammo va’da qilingan muddat yakuniga etsa ham, hech kim chet elga ishga yuborilmagan.

Oldinroq esa, 70 ga yaqin o‘zbekistonlik Toshkentdagi HUMAN xususiy bandlik agentligi Germaniya va Chexiyaga jo‘natish uchun to‘lovlarni olgani, ammo jo‘natmaganidan Ozodlikka shikoyat qilgandi.

XS
SM
MD
LG