Линклар

Шошилинч хабар
04 апрел 2020, Тошкент вақти: 17:25

"Sud hokimdan 4,7 million so‘m haqqimni undirib berish haqida qaror chiqardi, lekin hokim bergisi kelmayapti”


Erkin Gapparov

Surxondaryo viloyat, Angor tumanidan OzodMikrofon ga arz qilgan sobiq mahalla kotibi Erkin Gapparovning shikoyat qilishicha, uning tuman hokimidan 4 million 700 ming so‘m tovon pulini undirish haqidagi sud qarorini MIB olti oydan buyon paysalga solib kelmoqda.

Суд ҳокимдан 4,7 миллион сўм ҳаққимни ундириб бериш ҳақида қарор чиқарди, лекин ҳоким бергиси келмаяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:39 0:00
Бевосита линк


“Angor tuman hokimi meni 2019 yil 30 may kuni shaxsiy g‘araz sabab noqonuniy ishdan bo‘shatdi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudiga kilgan da’vo arizam qanoatlantirildi va meni ishga tiklansin deb qaror chiqardi.

FIB viloyat apellyatsiya sudlov haya’ti ham birinchi instansiya sudning qarorini to‘ldirish yuli bilan o‘zgartirishsiz qoldirdi. Ijroni ta’minlash majburiy ijro Angor tuman bo‘limiga yuklatildi.

Mana olti oyki Angor tuman hokimining noqonuniy harakati uchun sudma-sud, idorama-idora yuribman.

Surxondaryo viloyat hokimligi, viloyat prokraturasi ham qonun buzilish holatlarni bilaturib ko‘z yumib kelmoqda.

Majburiy ijro byurosi o‘z ishiga sovuqqonlik bilan qarab ijroni ta’minlab bermayapdi.

Adolat sotsial-demokratik partiyasi xam qonun ustuvorligini ta’minlash asosiy maqsadimiz deb matbuotda bong urmoqda. Saylov oldi dasturida ham qonun ustuvorligini ta’minlaymiz, qonunlar hamma uchun teng deb aytmoqda. Bu partiyaga ham murojaat qilgandim, afsus hamma va’dalari faqat puch gap ekanligiga amin bo‘ldim"

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG