Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:51

FHDYo xodimi: Ma’lumotlar bazasi Adliyadan Davlat xizmatlari agentligiga o‘tkazilganidan beri ishimiz oqsayapti


OzodMaktub ruknida Toshkent shahri tumanlaridan birining FXDYo bo‘limida ishlaydigan xodimdan kelgan maktubni e’lon qilyapmiz.

Maqola muallifning imlosi va stilistikasi saqlangan holda, qisqartirmay berilmoqda.

"Assalomu alaykum.

Toshkent shahridagi FXDYo bo‘limidan yozyapman.
Bizning ishimizda oxirgi payt ko‘p muammolar uchramoqda.
Dardimizni aytishga ham, eshitadigan ham odam yo‘q.

Biz fuqarolarga xizmat ko‘rsatadigan tashkilot xodimlarimiz.
Muammolardan biri shuki, biz fuqarolarni qabul qilishda FXDYo yagona bazasidan foydalanamiz. Hamma dalolatnoma yozuvlari shu bazaga kiritilib, beriladigan guvohnomalar shu bazadan chiqariladi.

Baza ilgari Adliya vazirligida bo‘lgan, xozir 1 yildan buyon davlat xizmatlari agentligiga o‘tdi.

Oxirgi oylarda xar kuni ishimizni "baza ishlamayapti"dan boshlaydigan bo‘lib qoldik.

Baza ishlamasa biz fuqarolarga xizmat ko‘rsata olmaymiz, fuqarolar janjal qila boshlaydi, lekin agentlik buni bilmaydi yoki bilishni ham, eshitishni ham xoxlamaydi.

Agar muammodan gapirsak, agentlik xodimlari bizga ortiqcha ish yoki topshirik berib yoki xisobot so‘rab darrov tanobimizni tortib qo‘yishadi.

Telegramda gruppamiz bor, shu yerda yozamiz ba’zi muammolarni. Gohida tez xal qilib berishadi, goxida ancha vaqtgacha hech kim yordam bermaydi.
2 hafta oldin baza yarim kun ishlamadi, chiroq bo‘lmagan ekan.

Bu nima degan gap, 21-asrda yashayapmiz, kompyuter asri deyishadiku lekin soatlab baza ulangan kompyuterlari ishlamaydi.

Ilgari vazirlikni xodimlari qarardi, muammo bo‘lsa xal qilardi. Xozir ular hokimiyatga o‘tgansizlar, baza agentlikda deb qaramay qo‘yishdi.

Ishni talab qilishda hamma birinchi, hokimiyat xam, agentlik ham. Ammo muammoni hal qilishda, sharoit yaratib berishda xamma chetda. Fuqaro shikoyat qilsa kaltak yana bizni boshimizda sinadi.

Balki adliya vazirining xabari yo‘qdir, balki agentlikdagi baza boshligi xamqishlog‘i bo‘lgani uchun ko‘zini yumayotgandir. Lekin bundan oddiy fuqarolar jabr ko‘ryapti, fuqarolar norozi bo‘lyapti. Dardimizni eshitadigan odam yo‘q.

Davlat xizmatlari agentligi FXDYo xodimlari qilgan ishni "biz qildik" deb maqtanishni, piar qilib jar solishni biladi, lekin mana bu xolatlarni yashirib kelyapti.

Mana, telegramdagi kechagi yozishmani yuboryapman.

Xat muallifidan kelgan skrinshot
Xat muallifidan kelgan skrinshot
Xat muallifidan kelgan skrinshot.
Xat muallifidan kelgan skrinshot.

Kimligimni bilishsa ishdan xaydashlari mumkin, shuning uchun aytmayman, uzr.

Iltimos yordam beringlar, rahmat"

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Bu ruknda berilgan materiallar mualliflari qarashlari Ozodlik qarashlariga mos kelmasligi mumkin.​

Алоқадор

XS
SM
MD
LG