Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:07

Egizaklarni OITVga immunitetli qilganini e’lon qilgan xitoylik olim iddaosi yolg‘on bo‘lib chiqdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Xitoyda egizaklarni Orttirilgan immun taqchilligi virusiga (OITV) qarshi bardoshli qilish maqsadida o‘tgan yili o‘tkazilgan gen tahrir qilish tajribasi samara bermay, kutilmagan mutatsiyalarga sabab bo‘lgani oshkor bo‘ldi.

Egizaklar genini xitoylik olim Xe Szyankuy yetakchiligidagi guruh tahrir qilgan edi.

Szyankuy tajribasi natijalari yoritilgan qo‘lyozma olimlar qo‘liga tushishi ortidan seshanba kuni MIT Technology Review jurnalida Szyankuy 2018 yilda tug‘ilgan egizaklar Lula va Nana genlarini tahrir qilayotib axloq va ilm normalari buzilgani haqida maqola e’lon qilindi. Unda Szyankuy yozgan risoladan parchalar keltirildi.

Szyankuy katta yutuqqa erishgani haqida bong urib, genlarni tahrirlash yo‘li bilan OITV epidemiyasiga qarshi samarali kurashish mumkinligini iddao qilgan edi. Ammo olimlarning so‘zlariga ko‘ra, Szyankuy tayin muvaffaqiyatga erishmagan, chunki u OITS virusiga qarshilik uyg‘otuvchi genni yaratishga muvaffaq bo‘lmagan.

CCR5 nomi bilan ma’lum bo‘lgan, bir foiz yevropaliklarda uchraydigan genetik mutatsiya ayrimlarni OITVga immunitetli qiladi. Szyankuy ayni genni CRISPR deb ataluvchi uslub yordamida tahrir qilganini aytib keladi.

Kaliforniya universiteti xodimi Fyodor Urnov:

- Buni faqat atayin o‘ylab topilgan uydirma deb atash mumkin: - dedi.

- Tadqiqot natijalari olimlar guruhi CCR5 variantini ko‘paytira olmaganini ko‘rsatadi, - deya qo‘shimcha qildi Urnov.

Szyankuy to‘g‘ri genni nishonga olgan, ammo risoladagidek “Delta 32” variatsiyasini emas, balki qanday oqibatlarga olib kelishi noma’lum bo‘lgan boshqa o‘zgarishlarga erishgan.

Bundan tashqari, CRISPR uslubining kamchiliklari bor, chunki uning yordamida nishonga olinmagan genlarni ham o‘zgartirib yuborish mumkin. Shuning uchun hamda bu texnologiya bilan insonlar genlarini tahrirlash munozaraga sabab bo‘lib keladi.

Szyankuy o‘z qo‘lyozmasini Nature va JAMA kabi taniqli jurnallarda chop etishga uringan, ammo hech bir nashr uning ishini hali e’lon qilgani yo‘q.

XS
SM
MD
LG