Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:36

Yakut shomoni “Putinni Kremldan haydab chiqarish uchun” yurishini davom ettirmoqda


Aleksandr Gabishev mart – sentabr oylarida 2000 kilometrdan oshiq yo‘l bosib o‘tdi va yo‘l-yo‘lakay yuzlab odamlar bilan suhbatlashdi.
Aleksandr Gabishev mart – sentabr oylarida 2000 kilometrdan oshiq yo‘l bosib o‘tdi va yo‘l-yo‘lakay yuzlab odamlar bilan suhbatlashdi.

Yakut shomoni Aleksandr Gabishev “Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Kremldan haydab chiqish uchun” Uzoq Sharqdagi Yakutiya Respublikasidan Moskva sari boshlagan yurishini davom ettirdi.

Gabishevning o‘zini Ayxal deb tanishtirgan tarafdorlaridan biri 8 dekabrda Ozodlik radiosi muxbiriga bir kun oldin yurishini qayta boshlaganini, unga ikki tarafdori bilan to‘rtta Sibir laykasi zotiga mansub it hamrohlik qilayotganini aytdi. Yakutiyadagi havoning o‘rtacha 44 daraja sovuq ekani ham uni shashtidan qaytara olmagan.

Gabishevning yana bir tarafdori Yevgeniy Rostokin Moskvaga yurishini “ruhlar bilan gaplashgan”dan va “Parvardigorning istagini bilgan”dan so‘ng tiklagan.

Rostokinga ko‘ra, Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) mahalliy boshqarmasining Gabishevni Yakutiston poytaxti Yakutsk shahridan chiqarmaslik to‘g‘risidagi buyrug‘ining amal qilish muddati oktabr oy o‘rtalarida tugagan.

Ozodlik muxbirlari Gabishevning o‘zi bilan bog‘lana olmadi.

3 dekabrda Yakutiya Oliy sudi Gabishev advokatlarining mijoziga nisbatan ekstremizm bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atishni bekor qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasini rad etgan edi.

Aleksandr Gabishev mart – sentabr oylarida 2000 kilometrdan oshiq yo‘l bosib o‘tdi va yo‘l-yo‘lakay yuzlab odamlar bilan suhbatlashdi. Nomi tilga tushgach, odamlar bilan gaplashayotgan videolari ijtimoiy tarmoqlarga joylana boshladi va millionlab kishilar ularni ko‘rdi.

Iyulиoyida Chita shahriga yetib kelgach, Gabishev “Putinsiz Rossiya!” shiori bilan 700 ga yaqin kishini to‘pladi. Shomon, “Parvardigor menga, Putin odam emas, u – iblis, deb aytdi va menga uni haydab chiqarishni tayinladi”, degan edi.

Gabishev Buryatiyada hibsga olingach, hokimiyat idoralari uni Yakutiyaga eltib qo‘ydi. O‘sha yerda u dastlab ruhiy xastaliklar shifoxonasiga joylashtirildi, ammo keyinchalik qo‘yib yuborildi.

Shomonga rossiyaliklar o‘rtasida fitna qo‘zg‘ayotgani aytildi va Yakutskdan chiqib ketmaslik buyrug‘i berildi.

Oktabr boshlarida Yakutskdagi psixiatrlar Gabishev ruhan beqaror ekanini aytdi, lekin advokatlari ushbu tibbiy xulosani rad etib, mustaqil ekspertlar tibbiy ko‘rigini tashkil qildi, chunki ular sud Gabishevni majburiy davolanishga yuborishidan cho‘chigan edi.

17 sentabrda muxolifatdagi “Ochiq Rossiya” tashkilotining huquqiy masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Aleksey Pryanishnikov Ozodlik muxbiriga mustaqil ekspertlar Gabishev ruhan sog‘lom, uni ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolashga hojat yo‘q va jamiyat uchun xavfli emas, degan xulosaga kelganini aytgan edi.

“Ochiq Rossiya”ning inson huquqini himoya qilish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Valentina Dextyarenko oktabrda, garchi Gabishev jinoyat ishi sodir etganlikda gumon qilingan bo‘lsa ham, unga rasman hech qanday ayb qo‘yilmaganini ma’lum qilgan edi.

Shomonlar Sibirda asrlar davomida tabib va folbin bo‘lib xizmat qilgan. Sho‘rolarning “ilm-fan va aql-idrok” davrida diniy mistika bilan shug‘ullanadigan shaxslar shafqatsiz qatag‘on qilingan. Ammo Sibirning tashqi dunyodan uzilib qolgan hududlarida ular yana obro‘-e’tiborini tiklab olmoqda.

XS
SM
MD
LG