Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2020, Тошкент вақти: 13:45

Ukraina bilan Rossiya to‘liq otashkesimga kelishdi


Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy (chapdan o‘ngga), Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkel 9 dekabrda Parijda uchrashdi.

Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy e’lon qilgan qo‘shma kommyunikeda aytilishicha, tomonlar 2019 yil oxiriga borib, Ukraina sharqida o‘t ochishni to‘xtatishni “to‘liq va har tomonlama bajarish majburiyati”ni oladi.

Fransiya, Germaniya, Ukraina va Rossiya rahbarlari 9 dekabr kuni Parijda Ukraina va Kremlga orqa qilayotgan kuchlar urushayotgan Donbass mintaqasida tinchlikka erishish uchun yo‘l xaritasini tiklash bo‘yicha 8 soatdan ortiq muzokara o‘tkazdi. Tomonlar yil oxirigacha barcha mahbuslarni o‘zaro ayirboshlashga kelishib oldi.

Zelenskiy sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot konferensiyasida mahbuslar 24 dekabrda ayirboshlanishini ma’lum qildi.

Hujjatda ma’lum qilinishicha, “2020 yil marti so‘nggiga qadar “kuchlar va texnikani front chizig‘idan chetga tortish maqsadi”da uchta qo‘shimcha “ajratish hududi”ni aniqlaydi.

Parijdagi muzokaradan oldinroq Ukraina va Moskvaga orqa qiluvchi harbiy kuchlar Ukraina sharqidagi 13 mingdan oshiq kishi boshiga yetgan urushning uchta “qaynoq hudud”dagi front chizig‘idan chetga olib chiqilgan edi.

Ha, munosabatlar yumshayapti, deb ayta olamiz, − dedi Putin muzokaradan keyingi matbuot konferensiyasida.

Mahalliy vaqt bilan yarim tundan keyingi o‘sha matbuot konferensiyasida Zelenskiy, “muloqot qayta boshlangani yaxshi bo‘ldi”, deb aytdi.

Qo‘shimcha qilishicha, Ukraina bilan Rossiyaning gaz tranziti bo‘yicha joriy yil oxirida tugaydigan shartnomasi bo‘yicha “yopiqligicha qolib kelayotgan” masala muhokamasi qayta ochildi.

Biroq yuzma-yuz uchrashgan prezidentlar Zelenskiy va Putin Ukraina sharqidagi saylov vaqti va mintaqadagi Kiev nazorat qilmayotgan chegara singari muhim masalalarda bir to‘xtamga kela olmadi.

Germaniya kansleri Angela Merkel bilan birga muzokaralarga vositachilik qilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ularni “samarali” deb atadi.

Kommyunikeda YXHTning “Ukrainaning hamma joyiga bora olish” huquqi mustahkamlab qo‘yildi.

Merkel tashkilot kuzatuvchilari “haftasiga 7 kun va 24 soat” kuzatuv olib borishi zarurligi g‘oyasini ilgari surdi.

Hujjatda 30 kun ichida odamlarning front chizig‘idan o‘tishi uchun “yangi o‘tkazish punktlari” ochilishiga ko‘maklashish belgilandi. Hozirgi kunda tinch aholi uchun Luganskda 4 ta, Donetskda esa 2 ta – jami 6 ta bunday o‘tkazish punkti mavjud.

Bundan tashqari, to‘rt mamlakat rahbarlari “to‘rt oy ichida” Ukraina sharqida mahalliy saylov o‘tkazish uchun “siyosiy va xavfsizlik sharoitlari”ni muhokama qilish maqsadida uchrashishga kelishib oldi.

Zelenskiy muzokara chog‘ida juda kam narsaga erishilganidan taassuf bildirdi.

Fransiya, Germaniya, Rossiya va Ukraina rahbarlari Ukraina sharqidagi mojaro bilan bog‘liq masalani muhokama qilish uchun so‘nggi marta 2016 yil oktabrida uchrashgan edi.

XS
SM
MD
LG