Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:58

AQSh prokurorlari Julianining safdoshi Parnas ukrainalik oligarxdan $1 mln olganini aytmoqda


AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy advokati Rudi Juliani (o‘ngda) SSSRda tug‘ilgan ish odami Lev Parnas bilan. Prezident Jorj Bushning dafn marosimi, Vashington shahri, 2018 yil.
AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy advokati Rudi Juliani (o‘ngda) SSSRda tug‘ilgan ish odami Lev Parnas bilan. Prezident Jorj Bushning dafn marosimi, Vashington shahri, 2018 yil.

AQSh prokurorlari 17 dekabrda bo‘lib o‘tgan sud majlisida AQSh prezidenti Donald Trampning shaxsiy advokati Rudi Julianining safdoshi ukrainalik oligarx Dmitriy Firtashning advokatidan 1 million dollar olganini xabar qildi.

Prokurorlarga ko‘ra, Lev Parnas daromadi va aktivlari, jumladan, Firtashning advokati bilan uning shartli va muddatidan avval ozod etilishini muhokama qilgan payt olgan to‘lov miqdorini pasaytirib ko‘rsatgan. Shu sababli uning garov evaziga ozod qilingani haqidagi qaror bekor qilinishi kerak.

Parnas to‘lovni yashirganini inkor qilmoqda.

Asli Ukrainada tug‘ilgan AQSh vatandoshi Parnasga saylov kampaniyasini moliyalashtirishga oid tartiblarni buzganlik, fitna uyushtirganlik va yolg‘on bayonot berganlik ayblovi qo‘yilgan edi. U hibsga olingandan so‘ng oktabrda garov puli evaziga ozod etilgan va Florida shtatida uy qamog‘ida o‘tirgan edi.

Prokurorlar o‘tgan haftada Nyu-York shahridagi AQSh okrug sudidan Parnasning garov evaziga ozod etilishi to‘g‘risidagi qarorni bekor qilishni so‘radi. Ular Parnas sentabrda, ya’ni unga ayblov e’lon qilinishidan bir oy oldin Rossiyadagi bir bank hisob raqamidan 1 million dollar pul olganini alohida eslatib o‘tdi.

Bank hisob raqami uning umr yo‘ldoshi Svetlana Parnas nomiga ochilgan edi.

17 dekabrda AQSh prokurori Rebeka Donaleski to‘lov Firtashdan advokati orqali kelib tushganini aytdi. Donaleski qo‘shimcha qilishicha, bu Parnasning umr yo‘ldoshiga birov ishonmaydigan to‘lov bo‘lgan, Parnasning o‘zi buni qarz deb atamoqda.

Ukrainaga gaz sotish, shuningdek, kimyoviy o‘g‘itlar biznesi bilan boylik orttirgan Firtash korrupsiya ayblovlari bilan Avstriyadan AQShga ekstraditsiya qilinishiga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.

Parnas bilan uning ayblanayotgan sherigi, Belarusda tug‘ilgan AQSh vatandoshi Igor Fruman Julianining yaqin safdoshlaridir.

Biznes bo‘yicha sheriklarning ikkalovi ham ayblovlarning hech bir bandi bo‘yicha aybini tan olmadi.

Xabar qilinishicha, Parnas, Fruman va Juliani sobiq vitse-prezident Jo Bayden, o‘g‘li Hanter va Demokratlar partiyasining 2016 yilgi prezident saylovi paytidagi faoliyatini tergov qilish masalasida Ukraina hukumatining sobiq va hozir ishlab turgan amaldorlari bilan yopiq uchrashuvlarda qatnashgan.

Ayblov xulosasida ikkovlonga AQShning Ukrainadagi o‘sha paytdagi elchisi Mari Yovanovichni lavozimidan chetlatishda bir yoki undan ortiq Ukraina hukumati amaldorlari nomidan ish ko‘rganlik aybi qo‘yilmoqda.

Ukrainaning eng badavlat kishilaridan biri Firtash 2014 yil Venada hibsga olinganidan beri ekstraditsiya qilinishiga qarshilik ko‘rsatib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG