Линклар

Шошилинч хабар
27 сентябр 2020, Тошкент вақти: 13:00

Namangan hokimi korxona, tashkilot va muassasalarni olimpiadachilarni otaliqqa olishga majburladi


Homiylik yordami ko‘rsatilishi topshirilgan olimpiadachilar ro‘yxatida namanganlik bokchsi va og‘ir atletikachilar nomlari bor.

24 dekabr kuni Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov¸ viloyat va tuman hokimliklari¸ viloyatdagi bank filiallari va qator byudjet tashkilotlariga 15 nafar sportchini o‘z otalig‘iga olish vazifasi topshirilgan xat jo‘natdi.

01/10-3840 raqami bilan rasmiylashtirilgan xatga ilova qilingan to‘rt sahifalik ro‘yxatda har bir sportchining shaxsiy bank hisob raqami keltirilgan va uni otaliqqa olgan tashkilotning bu hisobga qancha mablag‘ o‘tkazishi shartligi aniq ko‘rsatilgan.

Hokim bir oy ichida o‘tkazilishini buyurgan bu pullar¸ xat mazmunidan anglashilishicha¸ Tokio olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan sportchilarni moliyaviy qo‘llash haqidagi prezident va hukumat qarori ijrosidir.

Ozodlikka bog‘langan namanganlik davlat xizmatchilari 1¸5 million so‘mlik oyligidan viloyat futbol klubi¸ majburiy obuna uchun ushlab qolinayotgan pullar ustiga endi olimpiadachilarni otaliqqa olish ham qo‘shilganidan “qattiq norozi”ligini bildirdi.

Namangan viloyat hokimligi rasmiylari bunday xat borligini rad qilishga urindi¸ O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi vakili esa¸ Namangan viloyati hokimining bunday topshirig‘i o‘zlari bilan muvofiqlashtirilmaganini bildirdi.

Viloyat hokimi “TOPShIRADI”

Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov Ozodlikka nusxasi yuborilgan xatga 24 dekabr sanasi bilan imzo chekkan.

Namangan viloyati hokimi imzolagan xat nusxasi.
Namangan viloyati hokimi imzolagan xat nusxasi.

Xatga O‘zbekiston prezidenti 2017 yil 9 mart kuni chiqargan 2821-sonli qaror¸ shuningdek respublika komissiyasining 2019 yil 22 oktabr kungi majlisi bayonnomasi asos qilib olingan.

Bu hujjatlar esa 2020 yili Tokioda o‘tadigan olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan o‘zbekistonlik sportchilarni otaliqqa olish va ularga yetarli shart-sharoit yaratish haqida.

Shu hujjatlar asosida Namangan viloyat hokimi “tegishli tumanlar hokimliklari¸ boshqarma tashkilotlar rahbarlariga” “belgilangan homiylik mablag‘larini sportchilarning bank plastik kartalari hamda hisob raqamlariga bir oy muddatda to‘liq o‘tkazishingizni topshiraman”¸ deb xat yuborgan.

Xatga “sportchilar uchun belgilangan homiylik mablag‘lari tavsiyaviy taqsimoti ilova qilingan”.

Xat ilovasida qaysi tashkilotning qaysi sportchi shaxsiy hisobiga qancha pul o‘tkazishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Xat ilovasida qaysi tashkilotning qaysi sportchi shaxsiy hisobiga qancha pul o‘tkazishi aniq belgilab qo‘yilgan.

Ilova qilingan ro‘yxatda 10 nafar olimpiadachi va 5 nafar paralimpiyachi nomlari¸ ular shug‘ullanadigan sport turi¸ biriktirilgan homiy tashkilotlar nomi¸ talab etiladigan mablag‘ va sportchining bank hisobi keltirilgan.

Keltirilgan raqamlardan har bir sportchi shaxsiy hisobiga 50 milliondan 110 million so‘mgacha mablag‘ o‘tkazish buyurilgani ko‘riladi.

Homiylik yordami olishi belgilangan olimpiadachilar ro‘yxatida namanganlik bokchsilar¸ og‘ir atletikachi va kurashchilar nomlari bor.

Hokim topshirig‘i ijrosi tavsiyaviy emas¸ majburiy xarakterda!

Ozodlikka bu xat nusxasini yuborgan namanganlik davlat mulozimlaridan biri¸ xatga kichik harflar bilan “tavsiyaviy” deb yozilganiga qaramay¸ “buyruq qat’iy¸ shikoyatga o‘rtin yo‘q”ligini aytadi.

Asl muammo majburiylikni tavsiyaviy¸ ixtiyoriy degan so‘zlar bilan o‘rab-chirmab ko‘rsatishaëtgani. Tuman hokimlari¸ boshqarma va tashkilot rahbarlari hokimdan “bajarmasang¸ yo‘q qilaman” degan og‘zaki buyruqni olib chiqadi. Boshliq kelib xodimga buyuradi. Bizdan “o‘z ixtiyorim bilan falonchi sportchini otalig‘imga olaman¸ oyligimdan falon pulni uning hisobiga o‘tkazib berishingizga roziman” deb tilxat yozdirishayapti. Lekin hamma ishdan haydalishidan qo‘rqqani uchungina bunaqa tilxatga qo‘l qo‘yayapti. Hamma norozi”.

Ozodlik gaplashgan Namangandagi davlat tashkiloti xodimlaridan biri 1.5 million so‘mlik oyligidan olib qolinayotgan o‘lponlarning muntazam oshib borayotganini aytadi.

Yil bo‘yi “Navbahor” futbol klubi uchun oyligimizdan olib qolishdi. Keyin majburiy obuna. Endi olimpiadachilarni otaliqqa olasan¸ deb majburlayapti. Bola-chaqamiz rizqidan qiyib¸ 50 mingdan 100 ming so‘mgacha olib qolishayapti. Futbolchilar bizdan o‘n baravar ko‘p oylik olsa¸ sportchilarga pul beradigan vazirlik va federatsiyalar bo‘lsa¸ yana nega bizdan pul undirayapti? Bilishimizcha¸ «Navbahor» klubida qog‘ozda bor¸ amalda yo‘q o‘yinchilar bor. Ana shularga «homiylik qilasan» deb viloyat hokimi har bir tashkilotga oyiga 300 milliondan 1 milliard so‘mgacha o‘lpon solayapti”.

Hokimlik va Olimpiya qo‘mitasi nima deydi?

Ozodlik 25 dekabr kuni hokim Bozorovning 15 nafar sportchini otaliqqa olish va ular bank hisobiga bir oy ichida millionlab so‘m mablag‘ni tushirib berish topshirig‘iga izoh so‘rab¸ Namangan viloyat hokimligining bir necha mulozimi bilan bog‘landi.

Ozodlikka o‘zini tanishtirmay turib gapirgan mulozimlardan ikkitasi bunday xatdan bexabarligini bildirsa¸ hokimlikning ijtimoiy soha bo‘yicha mutaxassislaridan biri “bunday xatning umuman yo‘qligini” ta’kidladi.

Men bunday xatni ko‘rmadim. Bo‘lishi ham mumkin emas”¸ dedi hokimlik mutaxassisi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiysi esa¸ Tokio olimpiadasida qatnashadigan sportchilarning tayyorgarligi bilan Sport vazirligi va o‘zlari shug‘ullanishini ta’kidladi.

Biz ularga tayyorgarlik uchun sharoit¸ o‘quv-mashg‘ulot bazalari qilib berganmiz¸ stipendiya bilan ta’minlaymiz. Namangan hokimining bu xatidan xabarim yo‘q. Lekin bu sportchilarning o‘zi emas¸ ularning oilalariga yordam berish maqsadida qilinayotgan bo‘lsa kerak. Anig‘ini bilmayman lekin”¸ dedi qo‘mita rasmiysi.

XS
SM
MD
LG