Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:31

OzodTarmoq: "Abdulla Qodiriyning uy-muzeyi ochilishida nega yig‘ladim?"


OzodTarmoq ruknida berilayotgan materiallarda voqea-hodisalarga berilayotgan baholar mutlaqo mualliflar pozitsiyasidir. Mualliflar pozitsiyasi Ozodlik pozitsiyasiga mos kelmasligi mumkin.

OzodTarmoqning bugungi sonida bloger Anora Sodiqova Feysbukdagi sahifasida 27 dekabrda e’lon qilgan post e’tiboringizga havola qilinadi. Matn tahrirsiz berilmoqda. Stilistika va imlo muallifniki.

***

"Jasorat bitgan edi, til kesilgan edi" Qodiriyning bu so‘zlari afsuski doim dolzarb. Ayni damda Qodiriy uyining ochilish marosimidaman.

Yig‘layapman.... kecha uy-muzeyi masalasida intervyu berishga vaqt ajratishni istamagan Sirojiddin Saidni ma'ruza o‘qishini ko‘rib yig‘layapman...Ularga muzey qilishni so‘rab qancha xat yozib kutilmadi.

30 yildan beri Muzey masalasini cho‘zib yurgan, amalga oshirishga shoshilmagan Xayriddin Sultonovning tantanavor ma’ruza o‘qishini ko‘rib yig‘layapman....

Abdulla Qodiriyga pul yo‘q, deb xat bergan Kamila Akilovaning gerdayib turishini ko‘rib yig‘layapman....

Afsuski, bugungi tantanada Pahlavon Sodiq, Asliddin Suyunov ishtirok etishmayapti....

  • Ozodlikdan:
  • O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va muzeyni borib ko‘rdi.
  • Davlat rahbari yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.
XS
SM
MD
LG