Линклар

Шошилинч хабар
23 октябр 2020, Тошкент вақти: 08:01

Aviahalokatda 12 kishi halok bo‘ldi. 28 dekabr Qozog‘istonda motam kuni (VIDEO)


Uchoq qulagan joy, Olmaota, 2019 yil 27 dekabri.

Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinida 27 dekabr tongida Bek Air aviashirkatiga qarashli uchoq qulab tushdi. Qozog‘iston IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, 12 kishi, shu jumladan uchoq komandiri halok bo‘lgan, 49 kishi tan jarohati olgan. 28 dekabr Qozog‘istonda motam kuni deb e’lon qilindi.​

Olmaota aeroporti ma’lumotiga ko‘ra, Olmaotadan Nur-Sultonga yo‘l olgan uchoq mahalliy vaqt bilan soat 7 dan 5 daqiqa o‘tganda havoga ko‘tarilgan va tez orada radardan yo‘qolgan.Uchoq ichida, aeroport matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 95 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

“Bek Air aviashirkati uchog‘i aerodrom tashqarisida qulab tushgan. Uchoqdagilar orasida tirik qolganlar bor. Hodisa joyida tezkor xizmatlar ishlayapti”, deyiladi aeroport matbuot xizmati xabarnomasida.

Avvalroq uchoq Olmaota viloyatining Talg‘ar tumanidagi Guldala qishlog‘i atrofida halokatga uchragani xabar qilingan. Ozodlikning qozoq xizmati muxbiriga ko‘ra, uchoq parvoz yo‘lagidan bir kilometr narida – Guldala qishlog‘i yaqinida qulagan. Qulash natijasida ikki qavatli uyga shikast yetgan.

Олмаота шаҳри яқинида учоқ қулаб тушди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00

Hodisa joyida bo‘lgan tezkor xizmat xodimlari halok bo‘lgan va jarohatlanganlar soni haqida ma’lumot bermayaptilar.Qozog‘iston IIV matbuot xizmatiga ko‘ra, 12 kishi, shu jumladan uchoq komandiri halok bo‘lgan, 49 kishi tan jarohati olgan.

“Hodisa sabab va holatlarini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tashkil etildi. Hodisaga oid holatlar o‘rganilguniga qadar bu turdagi uchoqlar parvozi vaqtincha to‘xtatiladi”, deyiladi Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmaviy rivojlanish vazirligi xabarnomasida.

28 dekabr Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning matbuot xizmati xabar qildi.

Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan voqea bo‘yicha tergov harakatlari boshlangan.

IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga qaraganda, tezkor-tergov guruhi tarkibi vazirlik markaziy apparati, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi hamda IIV, Olma-Ota shahri va viloyati transportdagi politsiya departamentining tajribali mutaxassislaridan tuzilgan. Voqea joyi qo‘riqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG