Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:43

Bloger Nafosat Olloshukurova ruhiy shifoxonadan chiqarilgan


Bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova
Bloger Shabnam (Nafosat) Olloshukurova

Urganchdagi ruhiy shifoxonada uch oy ushlab turilgan bloger Nafosat (Shabnam) Olloshukurova 28 dekabr kuni kasalxonadan chiqarilgan.

Bu haqda xabar qilgan O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, maxsus komissiya Olloshukurova davolanishga ehtiyoji yo‘q deb topgan.

Nafosat Olloshukurovaning otasi Boltaboy Olloshukurov ham qizining Toshkentga qarab yo‘lga chiqqanini Ozodlikka tasdiqladi.

- Bugun soat o‘n ikkilarda noma’lum nomerdan telefon qildi, meni chiqarishdi, yo‘ldaman, deb aytdi. Lekin, keyin qizimga qayta bog‘lanib bilmadik, - dedi Boltaboy Olloshukurov.

Ozodlik ham Olloshukurovaning o‘ziga bog‘lana olmadi.

Olloshukurovaning advokati Umid Davlatov o‘z mijozining ruhiy shifoxonadan chiqqani haqida to‘la ma’lumotga ega emasligini aytdi.

- Toki o‘zini chiqqanini ko‘rmaguncha hech narsa aytolmayman, - dedi Davlatov.

Olloshukurova 23 sentabr kuni adolat izlab Xorazmdan Toshkentga, IIV vaziri bilan uchrashishi uchun piyoda yo‘lga chiqqan shoir va jurnalist Mahmud Rajabning harakatlarini yoritgani ortidan 10 kunga qamalgandi.

Qamoq jazosini o‘tagach, u ozod qilinmay, ruhiy shifoxonaga yotqizilgan.

Nafosat Olloshukurova o‘zining Facebookdagi sahifasida O‘zbekistonda bo‘layotgan voqealarga faol fikr bildirishi bilan mashhur bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shabnam Olloshukurovani ozod qilishga chaqiriqlar kuchaygan.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMT Oliy komissari, Yevropa Ittifoqi, YXHT, Amnesty international, Human rights watch kabi xalqaro tashkilotlar Nafosat Olloshukurovani ozod qilishni O‘zbekiston hukumatidan talab qilishgan.

XS
SM
MD
LG