Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:48

OzodDayjest: Balki yangi O‘zbekiston kitobsiz mamlakat bo‘lishi kerakdir?! - “Akademnashr” direktori


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

O‘zbekistonda ish vaqtida xodimlarning halok bo‘lishi holatlari ko‘payib bormoqda. Muyassar Razzoqova operadagi tanish-bilishchilik va ko‘zbo‘yamachilik haqida gapirdi. O‘zbekistonda kitob noshirligi uchun yomon kunlar boshlanayotgani bashorat qilindi.

_____________________________________________________________

Ish vaqti halok bo‘lish holatlari yildan-yilga ko‘paymoqda


O‘zbekistonda ish vaqti xodimlarning halok bo‘lishi holatlari yildan-yilga ko‘paymoqda (“Hurriyat”, 8 yanvar). Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi davlat mehnat inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Abduvohid Sharopov ma’lum qilgan. 2017 yilda 456 ta baxtsiz hodisada 519 nafar xodim jarohatlangan va ulardan 162 nafari vafot etgan. 2018 yilda 553 ta baxtsiz hodisada 667 nafar ishchi lat yegan va ulardan 182 nafari hayotdan bevaqt ko‘z yumgan. 2019 yilda bu ko‘rsatkich yanada oshgan. Qayd etilishicha, bir yil davomida davlat mehnat inspeksiyasiga bu borada 20 mingdan ziyod shikoyat kelib tushgan. Vazirlik vakili ish payti halok bo‘lgan xodimlarga tegishli tovon puli to‘langani masalasiga oydinlik kiritmagan.

Muyassar Razzoqova operada tanish-bilishchilik avj olganidan xavotir bildirdi


O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, professor Muyassar Razzoqova mamlakat opera san’atida tanish-bilishchilik kuchayib ketganidan xavotir bildirdi (“Darakchi”, 9 yanvar). “Operada ham estradadagi kabi tanish-bilish rivojlanib ketgan. Ovozi bor, iste’dodli yigit-qizlar chetda qolib ketyapti. Hozir teatrda ishlayotganlarni ovozi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazsa, elakda uch-to‘rt nafari qolib, qolganlari tushib ketadi”, degan M. Razzoqova. Taniqli san’atkor operada fonogramma va ko‘zbo‘yamachilik holatlarini ham tanqid qilgan.

M. Razzoqovaga ko‘ra, o‘zbekistonlik kadrlar chet elga ketishga majbur bo‘lmoqda. Shu bois hududlarda ham opera teatrlarini ochish lozim.

Kitob noshirligi uchun yomon kunlar boshlanayotgani bashorat qilindi


“Akademnashr” nashriyoti direktori Sanjar Nazar nashriyot va kitob savdosi xizmatlari uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i va daromad solig‘i oshganini noshirlik uchun yomon kunlar kelayotgani belgisi, deb atadi (www.sof.uz, 8 yanvar).

“Matbaa, nashriyot va kitob savdosi xizmatlari uchun 15 foiz miqdorda QQS to‘lanadigan bo‘ldi. Nashr uchun zarur xomashyolar: qog‘oz, bo‘yoq va hokazolar uchun oldin ham QQS to‘lanar edi. Korxonalarning daromad solig‘i miqdori 12 foizdan 15 foizga oshdi. Aholining to‘lov qobiliyati, xarid quvvati oshishi mumkinligiga hatto biron ishora ham ko‘rinmayotgan bir sharoitda bu o‘zgarishlarning oqibatini tasavvur qilishni ham xohlamasdim”, deydi nashriyot direktori S. Nazar.

Muallif QQS va daromad soliqlarining oshishi shundog‘am zo‘rg‘a yelkasidan nafas olib turgan soha uchun ortiqcha yuk ekanini ta’kidlagan.

“Balki yangi O‘zbekiston kitobsiz mamlakat bo‘lishi kerakdir?!” deya kinoya qiladi noshir.

XS
SM
MD
LG