Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:38

OzodDayjest: Palov narxi o‘zbekistonliklar turmush darajasini belgilovchi mezon bo‘ladi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati 10 yanvarda “Palov indeksi” ma’lumotlarini shakllantirilish joriy etilayotgani to‘g‘risida xabar qildi.

“Palov indeksi” nima? U qanday shakllantiriladi? Indeks nima uchun kerak? Bu sohada jahonda qanday tajriba to‘plangan?

Bu savollarning barchasiga Davlat statistika qo‘mitasi rasmiy saytida e’lon qilingan materialda javoblar borki, uni to‘laligicha ko‘chirib bosishga qaror qildik:

Jahon mamlakatlari orasida aniq yoki doimiy iste’moldagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘zgarishi bilan o‘zlarining “shaxsiy inflyatsiya” darajalarini baholashgan. Mazkur baholash turlari har bir hududning individual sharoitlarini inobatga olgan holda shakllanib borgan.

Shulardan dunyoda deyarli keng miqyosda tarqalgan usul – “Big-Mak indeksi” hisob-kitobidir. Unga ko‘ra, bir xil standartga (tarkibiy masalliqlari jihatidan) taalluqli “gamburger”ning turli mamlakatlardagi narxlari ro‘yxatga olinadi.

Narxlarni ro‘yxatga olishning aniq davriyligiga asosan, aynan shu mamlakatlarda mazkur turdagi taomning o‘rtacha narxlari qayta ro‘yxatga olinadi. Shakllangan ma’lumotlar asosida narxlar o‘zgarishi dinamikasi tahlil qilinadi.

Turli davlatlar valyutalarining haqiqiy ayirboshlash kurslarini aniqlash maqsadida, iqtisodchilar tomonidan 1986 yildan e’tiboran bunday tadqiqotlar olib borilib, “The Economist” jurnalida e’lon qilinadi.

The Economist” jurnalining mutaxassislari ikkita sababga ko‘ra ushbu ma’lumotdan foydalanadilar: “McDonald’s” dunyoning aksariyat mamlakatlarida taqdim etilgan va “Big-Mak”ning o‘zi uni milliy iqtisodiyotning universal omili deb hisoblash uchun yetarlicha oziq-ovqat masalliqlarini (non, pishloq, go‘sht, sabzavotlar va h.k) o‘z ichiga oladi.

Uning narxi har bir mamlakatda ishlab chiqarish, ijara narxlari, xom-ashyo, ishchi kuchi va boshqa omillarga bog‘liq. Mutaxassislarning fikricha, ushbu usul daromadning o‘xshash darajasi bo‘lgan mamlakatlarda, ayniqsa qimmat valyuta, noqulay bo‘lgan inqiroz sharoitida valyutalar qiymatidagi tafovutlarni ko‘rishga imkon beradi.

Har bir hudud (mamlakat)ning o‘ziga xos “xususiyatlari”ni inobatga olib, Yevropaning aksariyat mamlakatlarida “Big-Mak indeksi”, Rossiya Federatsiyasida “Olivye indeksi” ma’lumotlari shakllantiriladi. Mamlakatimizda eng ommaviy taom – “Palov indeksi” ma’lumotlari shakllantirilishi joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan mamlakatimizning barcha hududiy markazlarida joylashgan yirik umumiy ovqatlanish muassasalari (jumladan, “Osh markazlari”)dagi 1 kg palov uchun sarflanadigan masalliqlar ro‘yxati, shuningdek, ularning narxlari (qiymati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantirilib borilmoqda. Ushbu ma’lumotlarning shakllanish jarayoni bir necha bosqichdan iborat hisoblanadi.

1. Respublikaning barcha hududlarida 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan masalliqlar miqdori o‘rganib chiqilib, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha masalliqlar ro‘yxati shakllantirildi. Unga ko‘ra:

O‘simlik yog’i (300 gr.);

Piyoz (300 gr.);

Mol go‘shti (700 gr.);

Sabzi (1 kg.);

Guruch (1 kg.);

No‘xat (100 gr.);

Mayiz (50 gr.);

Ziravorlar (10 gr.);

Osh tuzi (5-10 gr.).

2. Hududlardagi umumiy ovqatlanish muassasalarida “1 porsiya” palovning o‘rtacha narxini ro‘yxatga olish (1 hududdan kamida 3 ta muassasa).

3. 1 kg tayyor palovning qiymatini hisoblash (barcha sarf-xarajatlarini inobatga olgan holda).

4. Ma’lum davriylikda 1 kg palov tayyorlash uchun sarflanadigan xarajatlar narxlarining o‘zgarishi.

5. Shakllangan tahliliy ma’lumotlarni ma’lum davriylikda e’lon qilib borish.

Ana shunday bosqichlarda “Palov indeksi” ma’lumotlari shakllantiriladi.

XS
SM
MD
LG