Линклар

Шошилинч хабар
14 май 2021, Тошкент вақти: 12:59

OzodDayjest: "Toshkent shahar prokuraturasi "qovun tushirdi"


Maqtul dizayner Nariman Grigoryan.

Propiska tizimi taraqqiyotga g‘ov ekani tadqiqot bilan tasdiqlandi. Samarqandda bankir hokimlik rasmiysi tomonidan kaltaklandi. Toshkent shahar prokuraturasi matbuot e’tirozi ortidan qonli murda aks etgan videoslaydni o‘chirib tashladi.

_____________________________________________________________

Xalqaro tadqiqot propiska tizimi O‘zbekiston taraqqiyotiga g‘ov ekanini tasdiqladi


Jahon bankining Kam ta’minlanganlik va tenglik bo‘yicha guruhi tadqiqotchisi Uilyam Seiz (William Seitz) tomonidan O‘zbekistondagi ichki migratsiya va arzon uy-joy bilan ta’minlanish holati bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi (www.sof.uz, 14 yanvar). Tadqiqot “O‘zbekiston fuqarolarini tinglash” so‘rovi asosida olib borilgan bo‘lib, mamlakatdagi ichki migratsiya faolligiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni aniqlashga qaratilgan. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston ichki migratsiya darajasi bo‘yicha dunyodagi eng past (1,2 foiz) ko‘rsatkichga ega davlatlar qatorida bo‘lib, urbanizatsiya jarayoni mamlakatda 2009 yildan buyon turg‘un holatda.

Buning asosiy sabablari sifatida esa huquqiy cheklov (propiska tizimi) va shahar va qishloqdagi yashash xarajatlari o‘rtasidagi katta tafovut (masalan, Toshkent shahrida yashash mamlakatdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5,5 barobarga yuqori) ko‘rsatilgan.

Tadqiqotchining fikricha, mazkur holat saqlanib qoladigan bo‘lsa, O‘zbekistonda ishlab chiqarish va samaradorlik sur’ati pasayib, aholining daromadi va bandlik darajasi salohiyatidan ko‘ra past bo‘ladi.

Yuqoridagi holatlarni bartaraf etish uchun Singapur, Honkong, Xitoyda amalga oshirilgani singari katta miqyosda arzon ijara uylarini qurish orqali ijara uy-joy bozorini shakllantirish, sohada investitsiyani ta’minlash uchun yerga bo‘lgan huquqni kafolatlash kabi choralar taklif etilgan.

Bankir hokimlik rasmiysi tomonidan kaltaklangani bir necha oy davomida yashirib kelingan


Samarqand viloyati Payariq tumanida majburiy mehnatga qarshi chiqqan bank xodimi tuman hokimligi vakili tomonidan kaltaklandi (www.daryo.uz, 14 yanvar). Paxta mavsumidan bir necha oy o‘tib tarqalgan videoda Payariq tuman hokimligining tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Akbarali Ernazarov hamda “Xalq banki”ning Payariq tumani filiali xodimi Ikrom Aralov tortishuvi aks etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Xalq banki” vakili majburiy mehnatga qarshilik qilgan. Hokimlik rasmiysi esa uni shu sababli urgan. Qayd etilishicha, Akbarali Ernazarov ishdan olingan. Ammo tuman hokimligi o‘z vaqtida buni oshkor qilishni istamagan.

Prokuratura avval qonli murda suratini e’lon qildi, so‘ngra o‘chirib tashladi


Toshkent shahar prokuraturasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida bir necha kun avval o‘ldirilgan taniqli dizayner Nariman Grigoryanning qonga botgan murdasi surati aks etgan videoslayd e’lon qilindi (www.xabar.uz, 16 yanvar). Qayd etilishicha, videoslaydda o‘likxonada jasadning ko‘zdan kechirilishi kadrlari ham ilova qilingan bo‘lib, unda hatto murdaning jinsiy a’zolari ham xiralashtirilmagan.

“Hali ochilmagan o‘ta og‘ir jinoyatga oid materiallarni hozirdanoq oshkor qilish qanchalar maqsadga muvofiq? Buning uchun inson qanchalar farosatli bo‘lishi kerak?! Bunday xatti-harakatlari bilan poytaxt prokuraturasi nima demoqchi?! Nima, marhumning yaqinlari, qolaversa, o‘quvchilarning ruhiyati, tuyg‘ulari bir tiyinmi?!” deya prokuraturani savolga tutadi xabar.uz cayti.

“Tashkilot piar xizmatida piarchilar emas, prokurorlar ishlasa, mana shunaqa bo‘ladi” deya holatni izohladi blogerlardan biri.

Matbuotning e’tirozi ortidan prokuratura videoslaydni o‘chirib tashladi va uzr so‘radi. Qayd etilishicha, ichki xizmatda foydalanish uchun tayyorlangan material xato tufayli e’lon qilib yuborilgan.

XS
SM
MD
LG