Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:35

Zelenskiy Osvensimda omon qolgan asirlarni “insoniyat matonati ramzi” deb atadi


Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Osvensim konsenratsion lageri asirlari ozod etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan marosimda. 2020, 26 yanvar.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Osvensim konsenratsion lageri asirlari ozod etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan marosimda. 2020, 26 yanvar.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Osvensim konsentratsion lageri asirlari ozod etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan marosimda qatnashib, fashistlar qirg‘inidan omon qolganlarni “insoniyat matonati ramzi” deb atadi.

26 yanvar kuni Polshaning Krakov shahrida Holokostdan omon qolganlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan xotira marosimida so‘zlagan prezident:

- Insoniyat sizning bardoshingiz va matonatingizni ta’riflovchi so‘zlarni o‘ylab topmagan bo‘lsa kerak, — dedi.

Zelenskiy o‘zining qisqa nutqi davomida antisemitizm va irqchilikni qoralab, insoniy qadriyatlarni himoya qilish ahamiyati haqida so‘zladi.

- Bu xotiralarning aksari bir xil chaqiriqqa ega: Jim o‘tirmang! Yangi avlod bu hikoyalarni bilishi kerak, sayyorada bunaqa hodisa takrorlanishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaslik uchun Holokost dahshatlarini bilishi kerak, — dedi prezident.

Tarjimon orqali so‘zlagan Zelenskiy:

- Siz juda kuchli va jasoratlisiz. Holokostni insoniyat tarixidagi qora davr deb atashadi. Sizlar esa qorong‘ilikni yorib chiqqan quyosh nurlarisiz, — deya qo‘shimcha qildi prezident.

27 yanvar kuni Zelenskiy lagerda omon qolgan 200 dan oshiq kishi hamda 60 davlat delegatsiyalari a’zolari bilan fashistlar 1,1 million shaxsni — asosan yahudiylarni qirg‘in qilgan sobiq lager hududiga bordi.

Zelenskiy Holokostda qarindoshlari nobud bo‘lganini aytdi.

- Nafrat yo‘q qilinishi kerak. Ildizi bilan quritilishi kerak. Nafratni yo‘q qilishimiz kerak, chunki jamiyatimizni barbod qilayotgan eng yirik kuch aynan shudir, — dedi Ukraina prezidenti.

Prezident, shuningdek, yahudiylar umrini saqlab qolish uchun kurashgan ukrainaliklarni olqishladi.

Isroil hukumati yahudiylar umrini saqlab qolish uchun kurashganlarni “Dunyo xalqlarining solihlari” deb ataydi. Mazkur unvon berilgan 27,362 kishining taxminan 10 foizi ukrainlardir.

Keyingi yillarda jahonda antisemitizm qayta avj olayotgani xavotirlarga sabab bo‘lmoqda.

2019 yil noyabrida qarorgohi AQShda joylashgan “Deffamatsiyaga qarshi liga” har to‘rt yevropalikning bittasi yahudiylar haqida “chuqur va salbiy” qarashlarga ega ekanligi aniqlanganini xabar qilgan edi. Xususan, Germaniyada so‘rov ishtirokchilarning 42 foizi yahudiylar Holokost haqida oshiqcha ko‘p so‘zlaydi, degan fikrga qo‘shilgan.

XS
SM
MD
LG