Линклар

Шошилинч хабар
24 феврал 2020, Тошкент вақти: 17:37

Toshkent metrosi qurilishidagi fojia yuzasidan komissiya xulosasi e’lon qilindi


Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishida 6 odam o‘limiga sabab bo‘lgan yer o‘pirilishi yuzasidan maxsus tekshirish komissiyasi o‘z xulosasini e’lon qildi.

Komissiya xulosasida aytilishicha, hodisaga xandak qiyalik devorini mustaxkamlash ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, loyihadan chetlanish holati mavjudligi, yog‘ingarchilik suvlari hamda oqova quvurlaridan sizib chiqqan suvning intensiv tuproqqa shimilishi sabab bo‘lgan.

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ Yunusobod metro yo‘li qurilishida o‘tgan yilning 18 dekabr kuni ro‘y bergan yer o‘pirilishi oqibatida 6 odam nobud bo‘lgan.

Maxsus tekshirish komissiyasi jabrlanuvchilarning qaramog‘idagi shaxslarni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 4 ta oilaning har biriga 261 million 938 ming 888 so‘mdan, jabrlanuvchi yana bir oilaga 281 million 62 ming 782 so‘m bir yo‘la to‘lanadigan bir martalik nafaqa pullari berilgan.

Shuningdek, marhumlarning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga oyma-oy to‘lanishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari hisob-kitob qilinib, amalga oshirish uchun ish beruvchilarga taqdim etilgan.

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishining qurilayotgan qismida sodir bo‘lgan yer o‘pirilishi haqida Ozodlik shu kuni xabar bergan edi.

Voqea sodir bo‘lishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yo‘nalishi qurilishida avariya sodir bo‘lgani, yer o‘pirilishi oqibatida bir necha kishi tuproq ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi haqida foto va xabarlar tarqalgandi.

XS
SM
MD
LG