Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:02

AQSh: Markaziy Osiyo bilan hamkorlikdagi keskin o‘zgarishlar "yangi imkoniyatlar" ochadi


2016 yilda Markaziy Osiyodagi mamlakat rahbarligiga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “uzoqni ko‘zlovchi rahbarligi”dan ichki islohotlar va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun foydalanmoqda, dedi AQSh hukumatining yuqori lavozimli vakili.
2016 yilda Markaziy Osiyodagi mamlakat rahbarligiga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “uzoqni ko‘zlovchi rahbarligi”dan ichki islohotlar va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun foydalanmoqda, dedi AQSh hukumatining yuqori lavozimli vakili.

Qo‘shma Shtatlar vakili, Markaziy Osiyodagi yangi rahbarlar va davlatlararo hamkorlikning yaxshilanishi Vashington uchun resurslarga boy bu mintaqa bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun ko‘proq imkoniyatlar ochmoqda, dedi.

AQSh Davlat kotibi yordamchisining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Elis Uells 5 fevralda Qo‘shma Shtatlar so‘nggi besh yilda ro‘y bergan yangi voqealarni hisobga olish uchun mintaqaga qaratilgan strategiyasini yangiladi, deb aytdi.

‒ Biz yangi imkoniyatlar davrida yashayotganimizni ochiq-ravshan ko‘rib turibmiz, ‒ dedi Uells davlat kotibi Mayk Pompeo bilan mintaqaga safaridan qaytib kelgach.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati AQShning global raqiblari Rossiya bilan Xitoyga qisman aksilmuvozanat sifatidagi ta’sirini mintaqaga yoyishga intilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi Yevropa bilan Osiyo o‘rtasidagi asosiy quruqlik marshruti bo‘lishi bilan birga boy neft va gaz konlariga ham ega.

AQSh ma’muriyati deyarli 20 yillik urushga barham berishga harakat qilayotgani sababli ko‘mak olish uchun ham Markaziy Osiyoga tayanadi.

2016 yilda Markaziy Osiyodagi aholisi eng ko‘p mamlakat rarbarligiga kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “uzoqni ko‘zlovchi rahbarligi”dan ichki islohotlar va davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish uchun foydalanmoqda, dedi Uells.

Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari 2018 yilda so‘nggi 10 yilda birinchi marta hamkorlikni muhokama qilish uchun o‘zaro uchrashgan edi. Shundan so‘ng ular o‘tgan yili yana bir marta uchrashdi, Uells ushbu voqealar rivojini muhim deb atadi.

− Biz mintaqaviy identitet – o‘ziga xoslik sari jiddiy o‘zgarishning guvohi bo‘lyapmiz, – dedi u.

Oq Uyning Milliy xavfsizlik kengashida Markaziy va Janubiy Osiyo ishlarini nazorat qiladigan Liza Kurtis mintaqada bunday hamkorlik “so‘nggi besh yilda qilinmagan edi”, deb aytdi.

Hukumat vakillari fikricha, Qo‘shma Shtatlar yagona elektr tarmog‘i yaratish singari mintaqani jipslashtirishda yordam beradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Hukumat yana chegara osha munosabatlar va biznesni rag‘batlantirish uchun viza va bojxona tartiblarini standartlashtirish hamda tarifsiz savdo to‘siqlarini pasaytirish yo‘lida beshta mamlakat bilan ish olib bormoqda.

Ular suvdan olinayotgan elektr quvvatini Tojikiston bilan Qirg‘izistondan Afg‘oniston bilan Pokistonga eksport qilish rejalari amalga oshishidan umidvor. Bu urushdan so‘ng tiklanayotgan Afg‘onistonga iqtisodiy o‘sish va barqarorlik olib kelishda yordam berishi mumkin va ayni holat AQSh strategiyasining asosiy prinsipi hisoblanadi.

AQSh hukumati vakillari Vashington strategiyasining Markaziy Osiyoga nisbatan umumiy maqsadlari o‘zgarmasdan qolayotgani bu mintaqada barqarorlikni ta’minlash va uning hech bir davlatga qaram bo‘lmasligidan iborat ekanini ta’kidladi.

Xitoyning mintaqaga ta’siri kuchaydi, chunki Pekin infratuzilma loyihalarini moliyalashtirmoqda. Tojikiston va Qirg‘iziston singari qashshoq mamlakatlar bu qarzlarni to‘lab berishi dargumon. Vashington mamlakatlarga infratuzilma lolyihalari shunchalik qarzga botishga arzish-arzimasligini aniqlashda yordam taklif qilmoqda.

Amaldorlarga ko‘ra, Markaziy Osiyoga chet el investitsiyalarining ko‘payishi mamlakatlarning qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lida o‘tkazadigan islohotlariga bog‘liq ekanini bildirdi.

Kurtis mintaqa mamlakatlari rahbarlarini “inklyuziv siyosiy tizimlar, jumladan, doimiy saylovlar” o‘tkazish yo‘li bilan demokratik erkinliklarni yaxshilashga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG