Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 09:42

Turkmaniston dunyoda so‘nggilardan bo‘lib¸ aholisini koronavirusdan ogohlantirishni boshladi


Joriy prezident o‘tmishda Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.
Joriy prezident o‘tmishda Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan.

Turkmaniston hukumati yomon xabarlarga e’tibor qaratmaslik hadisini olgan.

Og‘ir iqtisodiy muammolar, tabiiy ofatlar, chegaradagi urush: Turkmaniston hokimiyat idoralari va davlat axborot vositalari nazdida – hatto mamlakat aholisi ko‘rib turgan bo‘lsa ham – hech qachon ro‘y bermagan.

Xitoydan yangi koronavirus tarqalayotgani bilan bog‘liq butun dunyodagi xavotir bunga yana bir misoldir.

Dunyo ahli Xitoy va undan tashqarida koronavirus tarqalayotgani haqida har kuni yangidan-yangi ma’lumot olib turganidan na Turkmaniston hukumati va na axborot vositalari og‘iz ham ochgani yo‘q. Haligacha lom-mim demayapti.

Biroq yanvar oxirida Turkmaniston hukumati vakillari imi-jimida ayrim choralarni ko‘ra boshladi: Xitoyga qatnovchi aviareyslar bekor qilindi, talabalar va Turkmanistonning boshqa vatandoshlari Xitoydan uyga, ammo Ashxobodga emas, Lebap viloyatining sharqiy qismida tashkil etilgan karantin markaziga qaytarildi.

Bundan tashqari, Marv viloyatidagi maktab, bolalar bog‘chasi va shifoxonalar singari ayrim jamoat binolarining sanitariya holatiga qattiq e’tibor qaratildi, yana an’anaviy tarzda yantoq ham tutatildi.

Ammo shu paytgacha virus haqida na hukumat vakillari va na davlat axborot vositalari hech narsa degani yo‘q va bu Turkmaniston hokimiyat idoralari uchun kutilmagan hol emas.

Siyosatning qo‘qqisdan o‘zgarishi

Fevral oyida qo‘qqisdan hukumat Ashxoboddagi shifoxona va maktablarga “koronavirus haqidagi nimalarni bilish kerakligi” haqidagi bukletlarni tarqata boshladi.

Tibbiyot xodimlari poytaxt ko‘chalarida odamlarga virus haqidagi broshyuralarni ulashishga kirishdi. Yana ular Ashxoboddagi maktablar o‘quvchilariga “tumov va sarg‘ayma”ning oldini olish uchun qanday ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligi haqida suhbatlar o‘tkazdi.

Garchi viloyatlarda odamlarga bukletlar tarqatilayotgani haqida hech qanday xabar bo‘lmasa-da, Turkmaniston tibbiyot sohasi rahbarlari butun mamlakat bo‘ylab odamlarga koronavirus haqida ma’lumot berayotgani aytilmoqda.

Jamoatchilikni virus haqida xabardor qilish va uning oldini olishga oid kampaniya maqtovga loyiqdir, ilgari bunaqa holat kuzatilmagan edi.

O‘tmishda sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan Berdimuhamedov ushbu muammoni yaxshi tushunadi. Lekin shuni ham qayd etish lozimki, u virusolog emas, stomatologdir. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u vazir bo‘lgan kezlar viloyatlardagi tibbiyot markazlarini yoptirib tashlagan edi.

Yevropada joylashgan Turkmenistan.news vebsayti Xitoydan olib kelinib, 7 fevralda Lebap viloyatidagi karantin jamlog‘ida dunyodan o‘tgan yigitning jasadi krematsiya qilingani haqida xabar tarqatdi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasiga xos bo‘lmagan amaliyotdir.

Ozodlik turkman xizmati ushbu xabarni tasdiqlay olmadi, ammo Lebapda karantin markazi borligini va Xitoydan qaytarilgan turkmanlar o‘sha yerda kuzatuv ostida ushlab turilganini aniqladi.

Lebap viloyatidagi China National Petroleum Corp korporatsiyasi yurgizayotgan “Bagtiyyarlik” gaz konida qancha xitoylik ishlayotgani ma’lum emas,. Aytilishicha, ayrim ishchilar Lebap karantin jamlog‘ida nazorat qilinmoqda.

Turkmanistonda biror odamning koronavirus yuqtirgan-yuqtirmagani ma’lum emas.

Markaziy Osiyoning qo‘shni mamlakatlarida ham karantinda saqlanayotganlar bor, ammo ular orasida koronavirusga chalinganlar borligi haqida biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

Turkmanistonda jamoatchilikni koronavirusdan xabardor qilish kampaniyasining kechikib bo‘lsa-da¸ boshlanishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vazirligi qo‘ygan talablar bilan izohlanadi.

Tashkilot a’zosi bo‘lgan Turkmaniston¸ a’zolik majburiyatini bajardi¸ xolos.

XS
SM
MD
LG