Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:12

Saida Mirziyoyeva Global ayollar forumida O‘zbekiston namoyandasi sifatida so‘zga chiqadi


Dubay forumida so‘zga chiquvchilar orasida Saida Mirziyoyeva ham bor.
Dubay forumida so‘zga chiquvchilar orasida Saida Mirziyoyeva ham bor.

16-17 fevral kunlari Dubay shahrida amir Shayx Muhammad bin Rashid al Maxtumning qizi Manal bin Muhammad bin Rashid al Maxtum tashabbusi bilan Global ayollar forumi o‘tkaziladi.

Dubay forumi rasmiy saytida yozilishicha¸ ikki kunlik anjumanda dunyoning 87 davlatidan kelgan 3000 dan oshiq delegat ishtirok etadi.

Forumda 100 dan oshiq xalqaro maydonda tanilgan ayol siyosatchilar¸ davlat va jamoat arboblari so‘zga chiqadi.

Ular orasida Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Tereza Mey¸ Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijroiya direktori Kristalina Georgiyeva¸ AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp bor.

Forum birinchi kunida so‘zga chiqadiganlar ro‘yxatiga O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva ham kiritilgan.

O‘zbek jamoatchiligiga prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining muovini sifatida tanilgan Saida Mirziyoyeva 2020 yilning 29 yanvar kuni bu lavozimdan ketganini e’lon qildi.

Global ayollar forumi rasmiy saytida Saida Mirziyoyeva “Gender tengligi bo‘yicha komissiya a’zosi” sifatida taqdim etilgan.

2019 yil 2 sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Bu qonunning 10-moddasiga ko‘ra¸ “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, shuningdek davlat organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi”.

Prezident to‘ng‘ich qizining gender tenglik bo‘yicha davlat siyosatini ijro qiluvchi bu komissiyaga a’zo etib tayinlangani haqida hozirgacha jamoatchilikka ma’lum qilinmagan.

O‘zbekiston joriy 1-oilasi Dubay amiri bilan oilaviy bordi-keldini yo‘lga qo‘ygan. Xususan¸ 2019 yil yozida Mirziyoyevlar oilasining erkaklari Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid al Maxtum o‘g‘illarining to‘yida qatnashgan bo‘lsa¸ noyabr oyida Dubay valiahd shahzodasi Hamdam bin Muhammad al-Maktum O‘zbekistonda prezident kuyovlarining xos mehmoni bo‘ldi.

Yaqinlargacha prezident administratsiyasida huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbarining muovini bo‘lgan Saida Mirziyoyeva AOKA rasmiysi sifatida o‘tgan yil Dubay amirligi Media ofisi vakillarini Toshkentda mehmon qilgan¸ oktabr oyida esa¸ o‘zi ham BAAga safar qilgan edi.

XS
SM
MD
LG