Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2020, Тошкент вақти: 19:32

OzodDayjest: Bloger YOII borasida bosh vazir bilan bahslashdi


Rossiyadagi mehnat muhojirlari (illyustrativ surat).

Taniqli jurnalist deklaratsiyaning haqqoniyligini tekshirish prokuraturaga topshirilmasligi kerakligini urg‘uladi. Karimov to‘satdan vafot etmaganida, hokimiyat almashinuvi qay tariqa kechishi taxmin qilindi. Bloger O. Bakirov bosh vazirni qirg‘iz migrantlari holiga boqishga chaqirdi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Karim Bahriyev: Davlat xizmatchilarining daromadini prokuratura emas, mustaqil idora tekshirishi kerak


O‘zbekistonda yaqin muddatdan boshlab muayyan davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolari daromadlarini deklaratsiya qilishi lozim bo‘ladi (“Darakchi”, 20 fevral). 2020 yildan daromadi tekshiriladigan mansabdorlar ro‘yxatida parlament palatalari rahbarlari, bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar, viloyat, tuman-shahar hokimlari va boshqalar bor. Qayd etilishicha, deklaratsiyaning haqqoniyligini Bosh prokuraturaning iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish departamenti tekshiradi. Ammo mas’ul vazifani boshqa idoraga topshirish tavsiya etilmoqda.

“Oxirgi o‘n yilliklarda rahbarlik qilgan uchta sobiq bosh prokuror korrupsiya aybi bilan qamalib ketganini hammamiz bilamiz. Shuning uchun tekshiruv mustaqil organ tomonidan o‘tkazilishi va fuqarolik jamiyatining, jamoatchilik nazorati hamda ommaviy axborot vositalarining diqqat markazida bo‘lishi kerak”, deb yozadi ekspert va jurnalist Karim Bahriyev.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 31 yanvar kuni olimlar bilan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun alohida idora tashkil etilishi haqida gapirgan. Davlat rahbariga ko‘ra, katta kuch-qudratga ega bo‘ladigan yangi tashkilot amaldorlarning tushini nazorat qila olmaydi, xolos.

Siyosiy tahlilchi: Karimov tirik bo‘lganda, Gulnorani oqlab, unga katta lavozim berar edi


Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov O‘zbekiston rahbari Islom Karimov to‘satdan vafot etmaganida, hokimiyat almashinuvi qay tariqa kechishi borasida o‘z farazini ilgari surdi (www.sof.uz, 15 fevral).

“O‘ylaymanki, agar Karimov to‘satdan o‘lmaganida o‘zidan keyin shaxs emas, komanda qoldirar edi. Ya’ni, hech kimda Karimov belgilagan kursdan og‘ishuv imkoniyati bo‘lmas edi. 2020 yilga qadar u Gulnora Karimovani “jazolab, oqlab, reabilitatsiya qilish”ga ulgurgan bo‘lar edi. O‘ziga kimni o‘rindosh sifatida tanlagan bo‘lmasin, o‘sha tanlangan shaxs atrofida ko‘pchilikdan iborat komandani har xil mansablarga tayinlab, yangi prezidentni erkin harakatlanish va rejim tabiatini o‘zgartirish imkoniyatlarini mutlaq zaiflashtirib tashlagan bo‘lar edi”, deb yozadi siyosiy tahlilchi.

Qayd etilishicha, Karimov o‘zidan keyingi prezidentni tiyib turish uchun kuch ishlatar tizimlarini oldingidan ko‘ra yanada kuchaytirar va demakki, hozir davom etayotgan islohotlar siyosatini amalga oshirib bo‘lmas edi.

“Aytaylik, u o‘ziga o‘rindosh sifatida Mirziyoyevni tanladi yoki Azimovni. Lekin Gulnora Karimovaga katta davlat lavozimi berar va uning qudratini alohida kuchaytirgan bo‘lardi. Karimov tirik bo‘lganida bugun Nazarboyev qilayotgan ishlarni ancha qo‘pol ko‘rinishda, qattiq ohanglarda qilish ehtimoli yuqori edi”, deya o‘z farazini bildirgan K.Rabbimov.

Bloger: Rossiyada qirg‘iz migrantlari huquqi abgorlashgani bizga dars emasmi?


O‘zbekistonlik bloger Otabek Bakirov o‘z Telegram sahifasida bosh vazir Abdulla Aripovning mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilsa, Rossiyadagi ko‘p sonli mehnat muhojirlariga engillik bo‘lishi borasida fikriga munosabat bildirdi.

Bosh vazir A. Aripov 17 fevral kuni Human xususiy bandlik agentligidan jabr ko‘rgan aholi bilan uchrashuvda mamlakat YOIIga kirsa, 2 milliondan ortiq o‘zbekistonlik migrant uchun mehnat patenti bekor bo‘lishi va har yili qariyb 2 milliard dollar iqtisod qilinishini aytgan edi. Hukumat rahbari YOIIga a’zolikni salbiy baholayotganlarni ayyuhannos solishda ham ayblagandi.

Bloger O. Bakirovga ko‘ra, YOII O‘zbekistonni o‘z safiga qo‘shib olsa, migrantlar mehnat patenti uchun to‘lovlardan qutuladi. Lekin ular endi xuddi Rossiya yoki YOII a’zolari fuqarolari kabi talaygina soliqlarni to‘lashga majbur bo‘ladi. Taxminiy hisob-kitobga ko‘ra, rus ish beruvchisi o‘zbek migrantiga 40 ming rubl maosh berish uchun qo‘shimcha 12080 rubl soliq to‘lashi kerak. Bu esa o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari ahvoli yanada og‘irlashuviga olib keladi.

“Qirg‘iz migrantlari huquqlari Qirg‘iziston YOIIga kirgach, yanayam abgorlashgani bizga dars emasmi?” deya mutasaddilarni savolga tutadi bloger O. Bakirov.

XS
SM
MD
LG